Ўзбекистон Республикаси фуқаросининг хорижга чиқиш биометрик паспорти расмийлаштириш тартиби
Elchixona doimiy yoki vaqtincha konsullik ro’xatida turgan fuqarolarga xorijga chiqish
pasportini berish/almashtirish tartibi
O'zbekistonning Belgiyadagi Elchixonasi konsullik bo'limi Elchixonada doimiy yoki vaqtincha konsullik ro’xatida turgan va Benilyuks mamlakatlari va Daniyada yashaydigan O'zbekiston Respublikasi fuqarolariga xorijga chiqish biometrik pasportlarini beradi va almashtiradi.
MUHIM!
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 08.16.2017 yildagi "O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibini takomillashtirishning asosiy chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5156-sonli qaroriga muvofiq:
- 2019 yil 1 yanvardan boshlab xorijga chiqish uchun O'zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasporti joriy etildi (qizil rangli pasport);
- 2019 yil 1 yanvardan boshlab xorijga chiqish uchun ruxsat beruvchi yozuv stikerini (OVIR) berish tartibi bekor qilindi;
- 2011 yil namunasidagi O'zbekiston Respublikasi fuqarosining haqiqiy bo’lgan biometrik pasporti O'zbekiston Respublikasi hududida uning egasining shaxsi va fuqaroligini tasdiqlovchi hujjat sifatida ishlatiladi;
- Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolari 2021 yilning 1 yanvariga qadar Oʼzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq, kirish vizalarini rasmiylashtirish talab etilmaydigan davlatlar hududiga Oʼzbekiston Respublikasi fuqarosining amalda qoʼllanilayotgan 2011 yilgi namunadagi biometrik pasportidan foydalangan holda Oʼzbekiston Respublikasidan chiqishi mumkin;
- Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolari Oʼzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq, kirish vizalarini rasmiylashtirish talab etiladigan davlatlar hududiga Oʼzbekiston Respublikasi fuqarosining amalda qoʼllanilayotgan 2011 yilgi namunadagi biometrik pasportidan foydalangan holda, undagi ruxsat yozuvi stikerining amal qilish muddati tugagunga qadar Oʼzbekiston Respublikasidan chiqishi mumkin;
- Oʼzbekiston Respublikasi fuqarosining 2011 yilgi namunadagi biometrik pasporti Oʼzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq, kirish vizalarini rasmiylashtirish talab etilmaydigan davlatlarda boʼlib turgan Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun kirish vizalarini rasmiylashtirish talab etilmaydigan davlatlarda boʼlish va ushbu davlatlar oʼrtasida harakatlanishda pasportning amal qilish muddati tugagunicha haqiqiy hisoblanadi;
- Oʼzbekiston Respublikasi fuqarosining 2011 yilgi namunadagi biometrik pasporti Oʼzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq, kirish vizalarini rasmiylashtirish talab etiladigan davlatlarda boʼlib turgan Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun kirish vizalarini rasmiylashtirish talab etiladigan boshqa davlatlarda boʼlish va harakatlanish uchun pasportning amal qilish muddati tugagunicha haqiqiy hisoblanadi;
- Oʼzbekiston Respublikasi fuqarosining 2011 yilgi namunadagi biometrik pasporti Oʼzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq, kirish vizalarini rasmiylashtirish talab etilmaydigan davlatlarda boʼlib turgan Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun undagi ruxsat yozuvi stikerining amal qilish muddati tugagandan soʼng Oʼzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq, kirish vizalarini rasmiylashtirish talab etiladigan davlatlarga kirish uchun haqiqiy hisoblanmaydi. Fuqarolarning qayd etilgan ushbu toifasi Oʼzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq kirish vizalarini rasmiylashtirish talab etiladigan davlatlarga kirish uchun Oʼzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish uchun biometrik pasportini rasmiylashtirishni soʼrab, oʼrnatilgan tartibda murojaat qilishi kerak;
- 2011 yilgi namunadagi biometrik pasportida doimiy yashash stikeri bo'lgan xorijda doimiy yashovchi fuqaro pasportining amal qilish muddati tugaguniga qadar doimiy yashash joyidan vizasiz va viza talab qilinadigan mamlakatlarga borishda passport muddati tugagunga qadar foydalanishlari mumkin.
Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasi Hukumatining 2018 yil 30 iyundagi 494-sonli qaroriga muvofiq biometrik bo'lmagan namunadagi O'zbekiston Respublikasi fuqarosi pasportining amal qilish muddati quyidagicha belgilandi:
- O'zbekiston Respublikasi hududida - 2019 yil 31 dekabrgacha;
- xorijda muddati tugaguniga qadar.
Biroq, xorijiy davlat hududida yashayotgan fuqarolar mazkur pasport bilan muddati tugagunga qadar faqat O'zbekiston hududiga to’g’ridan to’g’ri yoki tranzit yo’li bilan uchinchi davlat orqali qaytib borish maqsadida foydalanishlari mumkin.
Xorijga chiqishda 16 yoshga to'lmagan O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining biometrik pasportlaridagi stikerlarida majburiy ravishda hamrohlik qiluvchi shaxs belgilanishi yoki muhrlanishi shart.
16 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari ota-onalari yoki vasiylari tomonidan notarial tasdiqlangan roziliklari asosida mustaqil ravishda xorijga chiqishlari mumkin.
Xorijga chiqish biometrik pasporti
Xorijga chiqish biometrik pasporti quyidagi O'zbekiston Respublikasi fuqarolariga beriladi:
1. Xorijda doimiy yashab va Elchixonaning doimiy konsullik ro’yxatidan o’tgan fuqarolarga (ma'lumot ikkinchi bo'limda).
2. Xorijda vaqtincha olti oydan ko'proq vaqt davomida yashab va Elchixonaning vaqtincha konsullik ro’yxatidan o’tgan fuqarolarga (ma'lumot uchinchi bo'limda).
Fuqarolarga xorijga chiqish biometrik pasporti quyidagi muddatlarga beriladi:
- tug'ilgan kundan bir yoshgacha bo’lganlarga - 2 yilgacha;
- bir yoshdan 16 yoshgacha bo’lganlarga - 5 yilgacha;
- 16 yoshdan oshgan fuqarolarga - 10 yil.
Xorijga chiqish biometrik pasportlarini berish xorijga chiqish biometrik pasport, biometrik va biometrik bo’lmagan pasportlarni almashtirish munosabati bilan quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
- O'zbekiston Respublikasidan tashqariga sayohat qilish;
- xorijda bola tug'ilishi;
- pasport amal qilish muddatining tugashi;
- familiyasi, ismi, otasining ismi, tug'ilgan sanasi, jinsining o’zgarishi;
- yozuvlardagi noaniqliklar va xatolarni aniqlash;
- ma'lumot va vizalar uchun mo'ljallangan sahifalarning tugashi;
- pasportning yaroqsiz holga kelishi;
- pasportni yo'qotish;
- dalil sifatida pasportni olib qo'yilishi.
Yangi biometrik pasport olish uchun ariza beruvchilar SHAXSAN (bolalar ota-onalari yoki ularning biri bilan) Elchixonaga belgilangan tartibda murojaat qilishlari kerak (fuqarolarni qabul qilish qoidalari "Fuqarolarni qabul qilish" bo'limida keltirilgan).
Taqdim etilgan hujjatlar asosida, Elchixonaning konsullik bo'limida arizachining biometrik ma'lumotlari, elektron barmoq izlari olinib, fuqaro raqamli ravishda fotosuratga tushiriladi va pasport olish uchun barcha hujjatlari Davlat personallashtirish markaziga yuboriladi.
Agar murojaat etuvchi yuqoridagi talablarga rioya qilmagan taqdirda, Elchixonaning konsullik bo'limi ushbu shaxsga pasport berish masalasida rad etish huquqiga ega.
Tayyor pasportni olingandan so'ng, arizachining biometrik ma'lumotlari solishtirilib tekshiriladi, eski passport topshirilib, yangi pasportni olish jurnaliga imzo qo'yiladi.
Agar eski pasportda nikohni qayd etish to'g'risidagi ma'lumot (ro'yxatga olish idorasining belgisi) bo'lsa, unda bu ma'lumot yangi pasportga o'tkaziladi. Yangi pasportga hamrohlik qiluvchi shaxs muhri, doimiy yoki vaqtincha konsullik hisobi to'g'risidagi muhr va chet elda doimiy yashash uchun chiqib ketishga ruxsat berish to'g'risidagi muhr ham qo'yiladi.
Pasport berish masalasini ko'rib chiqish muddati - bir oydan uch oygacha. Ammo ko'rib chiqish muddati O'zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq uzaytirilishi mumkin.
Qonunda belgilangan tartibda xorijga chiqish biometrik pasporti berilganlik uchun konsullik yig'imi olinadi. To'langan summalar qaytarilmaydi.
Agar xorijga chiqish biometrik pasporti berilishiga to'sqinlik qiladigan holatlar mavjud bo'lsa (O'zbekiston Respublikasi vakolatli organlari tomonidan taqiqning mavjudligi, sud qarori yoki buyrug'i), ariza beruvchiga ushbu muammolarni uch oy ichida hal qilish zarurligi to'g'risida xabar beriladi. Uch oydan so'ng taqiqni bekor qilish to'g'risidagi tasdiqlovchi hujjatlar bo'lmagan taqdirda, to'langan konsullik yig'imi to'lovi ariza beruvchiga qaytarilmaydi (uzrli sabablar bundan mustasno, masalan: kasallik, penitentsiar muassasada bo'lish, yashayotgan davlatda O'zbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasining yo'qligi).
Uch oydan keyin takroran murojaat qilgan taqdirda, hujjatlar xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun konsullik yig'imi takroran to'langan holda qayta topshiriladi.
Xorijga chiqish biometrik pasporti O'zbekiston Respublikasining mulki hisoblanadi va uning egasi O'zbekiston Respublikasi tomonidan himoya qilinadi.
Elchixonaning doimiy konsullik ro'yxatida turuvchi O'zbekiston fuqarolari uchun pasport berish/almashtirish.
Belgiya, Daniya, Lyuksemburg va Niderlandiya Qirolliklarida doimiy ravishda istiqomat qilayotgan va Elchixonaning doimiy konsullik ro’yxatidan o’tgan fuqarolarga xorijga chiqish biometrik pasportini berish/almashish.
O'zbekistonning Belgiyadagi Elchixonasining konsullik bo'limi Elchixonada doimiy konsullik ro’yxatdan o'tgan O'zbekiston Respublikasi fuqarolariga biometrik pasportlarni rasmiylashtiradi/almashtiradi.
DIQQAT! Agar fuqaro yoki voyaga yetmagan shaxs Elchixona doimiy konsullik ro'yxatidan o'tmagan bo'lsa, bu holda avval doimiy konsullik ro'yxatidan o'tishi talab etiladi (https://consulate.mfa.uz). So'ngra pasport uchun hujjatlar qabul qilinadi.
Xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun quyidagi hujjatlarni Elchixonaning konsullik bo'limiga taqdim etish kerak:
1. Xorijga chiqish biometrik pasportini berish to'g'risidagi ANKETA-ariza (elektron anketa-ariza to'ldiriladi va zarur hujjatlar biriktiriladi).
2. Pasportning asl nusxasi (biometrik bo'lmagan, biometrik va/yoki xorijga chiqish biometrik) va barcha sahifalardan nusxa (bo'sh sahifalar bundan mustasno). A4 formatdagi varaqning bitta sahifasida 2 sahifani tushirish mumkin.
3. 3,5 x 4,5 sm o'lchamdagi fotosurat (2 dona).
4. Ariza beruvchining ushbu hududda qonuniyligini tasdiqlovchi hujjat. Xususan, pasportdagi tegishli stiker, viza, yashash huquqi, vaqtincha yashash huquqi, mahalliy hokimiyat ma’lumotnomalari, elektron guvohnoma yoki yuqorida qayd etilgan xorijiy davlatlar vakolatli idoralarining arizachiga yashashga ruxsat berilganligini bildiruvchi alohida ma’lumotnoma (asl nusxasi). Ushbu hujjatlarning barchasi vakolatli tarjimon tomonidan o'zbek yoki rus tillariga tarjima qilinishi kerak.
5. Agar pasportni olish/almashtirish uchun o'z vaqtida ariza berilmagan bo‘lsa (pasportning amal qilish muddati tugagan holatda), vaziyat va sabablar batafsil tushuntirilgan konsul nomiga yozma tushuntirish xati berilishi kerak. Pasport olish bo‘yicha o'z vaqtida murojjat qilinmagan bo’lsa (bir oydan ortiq) 18 yoshdan boshlab har bir kalendar yil uchun 50 evro jarima undiriladi. Belgilangan jarima to'langanligi to'g'risidagi kvitansiya qolgan hujjatlar bilan birga alohida biriktiriladi.
6. Konsullik yig'imi to'langanligi to'g'risida kvitansiya - 170 evro.
Voyaga yetmagan shaxslar uchun.
Voyaga etmagan va 16 yoshga to'lguniga qadar xorijga chiqish biometrik pasportini olmagan, ota-onalari yoki boshqa qonuniy vakillari bilan Elchixonada doimiy ro’yxatdan o'tgan shaxslar uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
1. Xorijga chiqish biometrik pasportini berish to'g'risidagi ANKETA-ariza (elektron anketa-ariza to'ldiriladi va zarur hujjatlar biriktiriladi).
2. Tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnomaning asli va nusxasi (voyaga etmagan va 16 yoshga to'lguniga qadar xorijga chiqish biometrik pasportini olmagan shaxslar uchun). Tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnomalar:
a) O'zbekistonda FHDYO tomonidan yoki xorijdagi O'zbekistonning konsullik muassasalarida berilgan tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnoma (Legalizatsiya yoki Apostil talab qilinmaydi);
b) Belgiya FHDYO tomonidan berilgan tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnoma. Ushbu hujjat Elchixonada belgilangan tartibda Legalizatsiya qilinishi kerak. Buning uchun ushbu tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnomaning asli Belgiya vakolatli tashkilotlari tomonidan tasdiqlash uchun topshirilib muhr bosiladi. Keyin hujjatning asli bilan bir qatorda uning nusxasi Legalizatsiya uchun Elchixonaning hisob raqamiga to'lov (O'zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun - 30 evro va chet elliklar uchun - 70 evro) o’tkazilganlik haqidagi kvitansiya nusxasi bilan birga Elchixonaga taqdim etiladi. Shundan keyingina Belgiya idoralari tomonidan berilgan hujjat O'zbekiston hukumati tomonidan tan olinadi;
c) Daniya, Lyuksemburg va Niderlandiyaning FHDYO idoralari tomonidan berilgan tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnoma. Legalizatsiya to'g'risidagi Gaaga bitimi doirasida hujjatlar o'zaro tan olinishi sababli, ushbu hujjat tegishli idoralarda Apostil qilinadi (Apostil muhri bosilishi). Shundan keyingina hujjat O'zbekiston hukumati tomonidan tan olinadi.
Legalizatsiya va Apostil qilingan Tug'ilganlik haqidagi guvohnoma maxsus tarjimon tomonidan rus yoki o'zbek tiliga tarjima qilinishi kerak.
Agar hujjat Legalizatsiya qilinsa Apostil talab qilinmaydi yoki aksincha Apostil qilingan hujjat Legalizatsiya qilinmaydi.
3. Agar amaldagi pasporti mavjud bo’lsa, pasportning asl nusxasi (biometrik bo'lmagan, biometrik va/yoki xorijga chiqish biometrik) va barcha sahifalardan nusxa (bo'sh sahifalar bundan mustasno). A4 formatdagi varaqning bitta sahifasida 2 sahifani tushirish mumkin.
4. 3,5 x 4,5 sm o'lchamdagi fotosurat (2 dona).
5. Voyaga etmaganning ota-onalarining yoki boshqa qonuniy vakillarining pasportlari (biometrik bo'lmagan, biometrik va/yoki xorijga chiqish biometric) nusxalari (16 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun) - xorijga chiqish biometrik pasportini birinchi marta olish uchun. Agar ota-onadan birining pasportini taqdim etishning iloji bo'lmasa, tegishli hujjat taqdim etiladi, xususan:
a) o'lim to'g'risidagi guvohnoma;
b) ajralish to'g'risidagi guvohnoma yoki nikohni bekor qilinganligi haqidagi sud qaroridan ko'chirma (nusxa);
v) ota-onalardan birini yo'qolgan yoki o'lgan deb tan olinganligi to'g'risida vakolatli idoralarning ma'lumotnomasi;
g) bolani yolg'iz ota-onaga qaram deb topish to'g'risida;
e) qabul qiluvchi mamlakat qonunchiligiga muvofiq boshqa hujjat;
6. Ariza beruvchining/ota-onaning yoki voyaga etmaganning boshqa qonuniy vakilining ushbu hududda qonuniyligini tasdiqlovchi hujjat (16 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun). Xususan, pasportdagi tegishli stiker, viza, yashash huquqi, vaqtincha yashash huquqi, mahalliy hokimiyat ma’lumotnomalari, elektron guvohnoma yoki xorijiy davlatlar vakolatli idoralarining arizachiga yashashga ruxsat berilganligini bildiruvchi alohida ma’lumotnoma (asl nusxasi). Ushbu hujjatlarning barchasi maxsus tarjimon tomonidan o'zbek yoki rus tillariga tarjima qilinishi kerak.
7. Agar ota-onalardan biri xorij fuqarosi bo’lsa, uning bolaning xorijga chiqish biometrik pasportini olishga e'tirozi yo’qligini tasdiqlovchi notarial tasdiqlangan arizasi. Agar xorijlik ota yoki onaning arizasi yashash mamlakati tilida tuzilgan bo'lsa, unda ushbu hujjat maxsus tarjimon tomonidan rus va o'zbek tillariga tarjima qilinishi kerak;
8. O'zbekiston Respublikasi hududida doimiy propiskada bo'lgan/yashaydigan ota yoki onaning notarial tasdiqlangan roziligi (agar 16 yoshga to'lmagan shaxs ota yoki ona bilan birga doimiy konsullik ro’xatda bo'lsa);
9. Hamrohlik qilayotgan shaxsning notarial tasdiqlangan majburiyati;
10. To’lov 20 evroni tashkil etadi (konsullik hujjatlari bilan ishlash uchun).
Familiyasi, ismi, otasining ismi, tug'ilgan sana, jinsi o'zgarishi yoki yozuvlardagi xatolar va noaniqliklar aniqlanishi munosabati bilan xorijga chiqish biometrik pasportini almashtirishda, fuqaro ushbu holatlarni tasdiqlovchi hujjatlarni konsullik muassasasiga taqdim etadi.
Ta'kidlash joizki, Elchixonaning konsullik bo'limi, agar zarur deb bilsa, yuqoridagi ro'yxatda ko'rsatilmagan boshqa hujjatlarni talab qilish huquqiga ega.
Xorijda nikoh yoki ajrashish holatida, nikoh yoki ajralish to'g'risidagi guvohnomaning asl nusxasini legalizatsiya qilingan holatda (Belgiyada) yoki Apostil qo'yilgan (Apostil - Daniya, Lyuksemburg va Niderlandiya vakolatli organlarida) ushbu hujjatning belgilangan nusxasida taqdim etilishi kerak.
Ba'zi hollarda, konsullik bo’limi boshqa fuqaroligi yo'qligini tasdiqlovchi hujjatni aslini tarjimon tomonidan o'zbek yoki rus tillariga tarjimasi bilan belgilangan tartibda tasdiqlangan holda so'rashga haqlidir.
To'lov faqat pul o'tkazish yo'li bilan amalga oshiriladi.
O'zbekiston Respublikasining Belgiyadagi elchixonasining rekvizitlari: Ambassade d’Ouzbékistan, Banque KBC, IBAN CODE: BE 83 7340 2844 1015 EUR, BIC: KREDBEBB, Avenue F.Roosevelt 99, 1050 Bruxelles.
Elchixonaning vaqtincha konsullik ro'yxatida turuvchi a'zolari uchun pasport berish/almashtirish.
Belgiya, Daniya, Lyuksemburg va Niderlandiya vaqtincha istiqomat qilayotgan va Elchixonaning vaqtincha konsullik ro’yxatidan o’tgan fuqarolarga xorijga chiqish biometrik pasportini berish/almashish
O'zbekistonning Berlindagi Elchixonasining konsullik bo'limi Elchixonada vaqtincha ro’yxatdan o'tgan O'zbekiston Respublikasi fuqarolariga biometrik pasportlarni beradi/almashtiradi.
DIQQAT! Agar fuqaro yoki voyaga yetmagan shaxs Elchixona vaqtincha konsullik ro'yxatidan o'tmagan bo'lsa, bu holda avval vaqtincha konsullik ro'yxatidan o'tishi talab etiladi (https://consulate.mfa.uz). So'ngra pasport uchun hujjatlar qabul qilinadi.
Xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun quyidagi hujjatlarni Elchixonaning konsullik bo'limiga taqdim etish kerak:
1. Xorijga chiqish biometrik pasportini berish to'g'risidagi ANKETA-ariza (elektron anketa-ariza to'ldiriladi va zarur hujjatlar biriktiriladi).
2. Pasportning asl nusxasi (biometrik bo'lmagan, biometrik va/yoki xorijga chiqish biometrik) va barcha sahifalardan nusxa (bo'sh sahifalar bundan mustasno). A4 formatdagi varaqning bitta sahifasida 2 sahifani tushirish mumkin.
3. 3,5 x 4,5 sm o'lchamdagi fotosurat (2 dona).
4. Xorijga chiqish maqsadidan kelib chiqib, qo'shimcha quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
a) xizmat safarida bo’lsa:
- chet elga chiqish to'g'risidagi buyruq yoki guvohnoma nusxasi;
b) tahsil olish:
- o'qish joyidan o'qish yo'nalishi va davomiyligi to'g'risidagi ma'lumotnoma (rus yoki o'zbek tillarida);
- talabalik guvohnomasining nusxasi.
c) davolanish uchun:
- qabul qiluvchi mamlakatning tibbiy muassasasi tomonidan berilgan taklifnomaning nusxasi;
- bemorni tibbiy ko'rikdan o'tganligi to'g'risidagi tibbiy muassasaning ma’lumotnomasi nusxasi;
d) mehnat faoliyati bilan shug’ullanish:
- ish joyidan ish joyining davomiyligi va lavozimi to'g'risidagi ma'lumotnoma (rus yoki o'zbek tillarida);
- yoki mehnat shartnomasining nusxasi (rus yoki o'zbek tillarida);
e) oilaviy birlashish uchun.
- agar turmush qurgan bo'lsan, nikoh to'g'risidagi guvohnoma nusxasi;
- agar shaxs 16 yoshga to'lmagan bo'lsa, ota-onalarning pasportlari nusxalari;
- agar yangi tug'ilgan chaqaloq bo'lsa, tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnomaning nusxasi.
5. Ariza beruvchining ushbu hududda qonuniyligini tasdiqlovchi hujjat. Xususan, pasportdagi tegishli stiker, viza, yashash huquqi, vaqtincha yashash huquqi, mahalliy hokimiyat ma’lumotnomalari, elektron guvohnoma yoki Belgiya, Daniya, Lyuksemburg va Niderlandiya vakolatli idoralarining arizachiga yashashga ruxsat berilganligini bildiruvchi alohida ma’lumotnoma (asl nusxasi). Ushbu turlarning barchasi rasmiy tarjimon tomonidan o'zbek yoki rus tillariga tarjima qilinishi kerak.
6. Harbiy guvohnoma yoki ro'yxatga olish guvohnomasining nusxasi, yoki mudofaa bo’limining belgilangan tartibdagi ma’lumotnomasi (harbiy hizmatga majburlar uchun). Ushbu ma’lumotnomani olish uchun doimiy ro'yxatdan o'tgan tumanda joylashgan O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining mudofaa bo’limiga murojaat qilish zarur (harbiy ro'yxatga olish va xizmatga qabul qilish boshqarmasi).
7. Agar pasportni olish/almashtirish uchun o'z vaqtida ariza berilmagan bo‘lsa (pasportning amal qilish muddati tugagan holatda), vaziyat va sabablar batafsil tushuntirilgan konsul nomiga yozma tushuntirish xati berilishi kerak. Pasport olish bo‘yicha o'z vaqtida murojjat qilinmagan bo’lsa (bir oydan ortiq) 18 yoshdan boshlab har bir kalendar yil uchun 50 evro jarima undiriladi. Belgilangan jarima to'langanligi to'g'risidagi kvitansiya qolgan hujjatlar bilan birga alohida biriktiriladi.
8. Konsullik yig'imi to'langanligi to'g'risida kvitansiya - 170 evro;
Voyaga etmagan shaxslar uchun.
Voyaga etmagan va 16 yoshga to'lguniga qadar xorijga chiqish biometrik pasportini olmagan, ota-onalari yoki boshqa qonuniy vakillari bilan Elchixonada doimiy ro’yxatdan o'tgan shaxslar uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
1. Xorijga chiqish biometrik pasportini berish to'g'risidagi ANKETA-ariza (elektron anketa-ariza to'ldiriladi va zarur hujjatlar biriktiriladi).
2. Tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnomaning asli va nusxasi (voyaga etmagan va 16 yoshga to'lguniga qadar xorijga chiqish biometrik pasportini olmagan shaxslar uchun). Tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnomalar:
a) O'zbekistonda FHDYO tomonidan yoki xorijdagi O'zbekistonning konsullik muassasalarida berilgan tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnoma (Legalizatsiya yoki Apostil talab qilinmaydi);
b) Belgiyaning FHDYO tomonidan berilgan tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnoma. Ushbu hujjat Elchixonada belgilangan tartibda Legalizatsiya qilinishi kerak. Buning uchun Belgiya tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnomasining asli mamlakat vakolatli tashkilotlarida tasdiqlash uchun topshirilib muhr bosiladi. Keyin hujjatning asli bilan bir qatorda uning nusxasi Legalizatsiya uchun Elchixonaning hisob raqamiga to'lov (O'zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun - 30 evro va chet elliklar uchun - 70 evro) o’tkazilganlik haqidagi kvitansiya nusxasi bilan birga Elchixonaga taqdim etiladi. Shundan keyingina Belgiya vakolatli idoralari tomonidan berilgan hujjat O'zbekiston hukumati tomonidan tan olinadi;
c) Daniya, Lyuksemburg va Niderlandiyaning FHDYO idoralari tomonidan berilgan tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnoma. Legalizatsiya to'g'risidagi Gaaga bitimi doirasida hujjatlar o'zaro tan olinishi sababli, ushbu hujjat tegishli idoralarda Apostil qilinadi (Apostil muhri bosilishi). Shundan keyingina hujjat O'zbekiston hukumati tomonidan tan olinadi.
Legalizatsiya va Apostil qilingan Tug'ilganlik haqidagi guvohnoma rasmiy tarjimon tomonidan rus yoki o'zbek tiliga tarjima qilinishi kerak.
Agar hujjat Legalizatsiya qilinsa Apostil talab qilinmaydi yoki aksincha Apostil qilingan hujjat Legalizatsiya qilinmaydi.
3. Agar amaldagi pasporti mavjud bo’lsa, pasportning asl nusxasi (biometrik bo'lmagan, biometrik va/yoki xorijga chiqish biometrik) va barcha sahifalardan nusxa (bo'sh sahifalar bundan mustasno). A4 formatdagi varaqning bitta sahifasida 2 sahifani tushirish mumkin.
4. 3,5 x 4,5 sm o'lchamdagi fotosurat (2 dona).
5. Voyaga etmaganning ota-onalarining yoki boshqa qonuniy vakillarining pasportlari (biometrik bo'lmagan, biometrik va/yoki xorijga chiqish biometric) nusxalari (16 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun) - xorijga chiqish biometrik pasportini birinchi marta olish uchun. Agar ota-onadan birining pasportini taqdim etishning iloji bo'lmasa, tegishli hujjat taqdim etiladi, xususan:
a) o'lim to'g'risidagi guvohnoma;
b) ajralish to'g'risidagi guvohnoma yoki nikohni bekor qilinganligi haqidagi sud qaroridan ko'chirma (nusxa);
c) ota-onalardan birini yo'qolgan yoki o'lgan deb tan olinganligi to'g'risida vakolatli idoralarning ma'lumotnomasi;
d) bolani yolg'iz ota-onaga qaram deb topish to'g'risida;
e) qabul qiluvchi mamlakat qonunchiligiga muvofiq boshqa hujjat;
6. Ariza beruvchining/ota-onaning yoki voyaga etmaganning boshqa qonuniy vakilining ushbu hududda qonuniyligini tasdiqlovchi hujjat (16 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun). Xususan, pasportdagi tegishli stiker, viza, yashash huquqi, vaqtincha yashash huquqi, mahalliy hokimiyat ma’lumotnomalari, elektron guvohnoma yoki Belgiya, Daniya, Lyuksemburg va Niderlandiya vakolatli idoralarining arizachiga yashashga ruxsat berilganligini bildiruvchi alohida ma’lumotnoma (asl nusxasi). Ushbu turlarning barchasi qasamyod qilgan tarjimon tomonidan o'zbek yoki rus tillariga tarjima qilinishi kerak.
7. Agar ota-onalardan biri xorij fuqarosi bo’lsa, uning bolaning xorijga chiqish biometrik pasportini olishga e'tirozi yo’qligini tasdiqlovchi notarial tasdiqlangan arizasi. Agar xorijlik ota yoki onaning arizasi yashash mamlakati tilida tuzilgan bo'lsa, unda ushbu hujjat qasamyod qilgan tarjimon tomonidan rus va o'zbek tillariga tarjima qilinishi kerak;
8. O'zbekiston Respublikasi hududida doimiy propiskada bo'lgan/yashaydigan ota yoki onaning notarial tasdiqlangan roziligi (agar 16 yoshga to'lmagan shaxs ota yoki ona bilan birga doimiy konsullik ro’xatda bo'lsa);
9. Hamrohlik qilayotgan shaxsning notarial tasdiqlangan majburiyati;
10. To’lov 20 evroni tashkil etadi (konsullik hujjatlari bilan ishlash uchun).
Familiyasi, ismi, otasining ismi, tug'ilgan sana, jinsi o'zgarishi yoki yozuvlardagi xatolar va noaniqliklar aniqlanishi munosabati bilan xorijga chiqish biometrik pasportini almashtirishda, fuqaro ushbu holatlarni tasdiqlovchi hujjatlarni konsullik muassasasiga taqdim etadi.
Ta'kidlash joizki, Elchixonaning konsullik bo'limi, agar zarur deb bilsa, yuqoridagi ro'yxatda ko'rsatilmagan boshqa hujjatlarni talab qilish huquqiga ega.
Xorijda nikoh yoki ajrashish holatida, nikoh yoki ajralish to'g'risidagi guvohnomaning asl nusxasini legalizatsiya qilingan holatda (Belgiyada) yoki Apostil qo'yilgan (Apostil - Daniya, Lyuksemburg va Niderlandiya vakolatli organlarida) ushbu hujjatning belgilangan nusxasida taqdim etilishi kerak.
Ba'zi hollarda, konsullik bo’limi boshqa fuqaroligi yo'qligini tasdiqlovchi hujjatni aslini tarjimon tomonidan o'zbek yoki rus tillariga tarjimasi bilan belgilangan tartibda tasdiqlangan holda so'rashga haqlidir.
MUHIM!
1. Xorijda vaqtincha bo'lib turgan va Elchixonada vaqtincha konsullik ro’yxatida turmagan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari xorijga chiqish biometrik pasporti yoki O'zbekiston Respublikasiga qaytish guvohnomani olish uchun Elchixonaga murojaat qiladilar. Bunday holda hujjatlarni rasmiylashtirish O'zbekiston Respublikasining tegishli huquqni muhofaza qilish idoralari va maxsus vakolatli davlat idorasi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
2. O'zbekiston Respublikasining Konsullik muassasalarida konsullik ro’xatidan o’tmagan va nobiometrik namunadagi O'zbekiston Respublikasi fuqarosi pasporti bilan xorijga chiqish biometrik pasportini olish bo’yicha fuqarolarning murojaatlari O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti bilan yozma ravishda kelishuvidan so'ng alohida ko'rib chiqiladi.
To'lov faqat pul o'tkazish yo'li bilan amalga oshiriladi (Überweisungsbeleg).
O'zbekiston Respublikasining Berlindagi elchixonasining rekvizitlari: Ambassade d’Ouzbékistan, Banque KBC, IBAN CODE: BE 83 7340 2844 1015 EUR, BIC: KREDBEBB, Avenue F.Roosevelt 99, 1050 Bruxelles.
Pasport yo'qotilgan taqdirda Elchixonaning doimiy va vaqtincha konsullik ro'yxatida turuvchi a'zolari uchun pasport berish.
O'zbekistonning Belgiyadagi Elchixonasining konsullik bo'limi tomonidan Elchixonada doimiy yoki vaqtincha ro’yxatdan o'tgan O'zbekiston Respublikasi fuqarolariga xorijga chiqish biometrik pasporti, biometrik pasporti yoki nobiometrik pasporti yo'qolgan taqdirda xorijga chiqish biometrik pasportini beradi.
Elchixonaning konsullik bo'limida doimiy yoki vaqtincha ro’yxatdan o'tgan O'zbekiston Respublikasi fuqarosi pasporti yo'qolgan taqdirda, Elchixonaga shaxsan suhbatdan o’tish uchun murojaat qiladi va shaxsini tasdiqlash bo’yicha hujjatlarni taqdim etadi. Mazkur hujjatlar O'zbekiston Respublikasi vakolatli idoralari bilan kelishish uchun O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamentiga yuboriladi.
Agar yo’qotilgan xorijga chiqish biometrik pasporti, biometrik pasporti yoki nobiometrik pasporti O'zbekistonning Berlindagi Elchixonasi tomonidan berilgan bo’lsa, bu holatda shaxsni tasdiqlash uchun hujjatlar O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamentiga yuborilmaydi. Bunday holda, yangi pasport olish uchun hujjatlar tayyorlanadi (hujjatlar ro'yxati 2-3-bo'limda ko'rsatilgan). Biroq, hujjatlar ro'yxatiga qo’shimcha ravishda politsiyadan pasport yo'qolganligi to'g'risidagi olingan ma’lumotnoma qo'shilishi kerak.
Boshqa hollarda, arizachining shaxsini tasdiqlash uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi kerak:
1. Shaxsni tasdiqlash uchun anketa-ariza 2-nusxada. Ariza shaklini bosmadan chiqarib bosma harflar bilan o'zbek yoki rus tillarida to'ldirilishi kerak. Har bir ustundagi tafsilotlar to'liq to'ldirilgan ariza haqiqiy deb hisoblanadi. (ariza shaklini bosmalash).
2. Agar mavjud bo'lsa, pasport nusxasi.
3. Politsiyadan pasport yo'qolganligi to'g'risidagi ma’lumotnoma (pasport yo'qolgan taqdirda). Ma’lumotnoma Innenministerium yoki Regierungspräsidium (Beglaubigung der Bescheinigung zum Gebrauch im Ausland) tomonidan tasdiqlangan va o'zbek yoki rus tillariga tarjima qilingan bo'lishi kerak.
4. 3,5 x 4,5 sm o'lchamdagi fotosurat (2 dona).
5. Konsullik yig'imi to'langanligi to'g'risida kvitansiya - 40 evro;
6. Agar murojaat etuvchining shaxsan kelishining imkoni bo'lmasa, u holda qaytish manzili ko'rsatilgan A-4 formatidagi konvert (4.50 yoki 5 evrolik yopishtirilgan markalar) taqdim etilishi kerak.
Agar ariza beruvchi pasportni yo'qotishdan oldin Elchixonada vaqtincha konsullik ro'yxatidan o'tmagan bo'lsa, u holda O'zbekiston Respublikasiga qaytish guvohnomasini olish uchun hujjatlarni taqdim etadi (ma'lumot "O'zbekiston Respublikasiga qaytish uchun guvohnoma" bo'limida mavjud).
Murojaat etuvchining Elchixonaga shaxsan tashrif buyurish imkoniyati bo'lmagan taqdirda, murojaat etuvchi avval konsul bilan telefon orqali muzokara qilishi kerak.
O'zbekiston Respublikasining Berlindagi elchixonasining rekvizitlari: Ambassade d’Ouzbékistan, Banque KBC, IBAN CODE: BE 83 7340 2844 1015 EUR, BIC: KREDBEBB, Avenue F.Roosevelt 99, 1050 Bruxelles.
Elchixona doimiy yoki vaqtincha konsullik ro'yxatida turgan fuqarolarning turmushga chiqishi munosabati bilan familiyanisini o'zgartirish va yangi pasport rasmiylashtirish.
Belgiya, Daniya, Lyuksemburg va Niderlandiyada doimiy yoki vaqtincha istiqomat qilayotgan va Elchixonaning doimiy yoki vaqtincha konsullik ro'yxatida turgan fuqarolarning turmushga chiqishi munosabati bilan familiyanisini o'zgartirish va yangi pasport rasmiylashtirish.
DIQQAT! Agar fuqaro Elchixona doimiy yoki vaqtincha konsullik ro'yxatidan o'tmagan bo'lsa, bu holda avval konsullik ro'yxatidan o'tishi talab etiladi. So'ngra pasport uchun hujjatlar qabul qilinadi.
Yangi biometrik pasportni olish uchun quyidagi hujjatlarni Elchixonaning konsullik bo'limiga taqdim etish kerak:
1. Biometrik pasportni berish to'g'risidagi ANKETA-ariza (elektron anketa-ariza to'ldiriladi va zarur hujjatlar biriktiriladi).
2. Pasportning asl nusxasi (biometrik yoki biometrik bo'lmagan pasport) va barcha sahifalardan nusxa (bo'sh sahifalar bundan mustasno). A4 formatdagi varaqning bitta sahifasida 2 sahifani tushirish mumkin.
3. 3,5 x 4,5 sm o'lchamdagi fotosurat (2 dona).
4. Nikoh tuzilganligi to'g'risidagi guvohnomaning asli va nusxasi. Nikoh tuzilganligi to'g'risidagi guvohnomalar:
a) O'zbekistonda FHDYO tomonidan yoki xorijdagi O'zbekistonning konsullik muassasalarida berilgan nikoh tuzilganligi to'g'risidagi guvohnoma (Legalizatsiya yoki Apostil talab qilinmaydi);
b) Belgiyaning FHDYO tomonidan berilgan nikoh tuzilganligi to'g'risidagi guvohnoma. Ushbu hujjat Elchixonada belgilangan tartibda Legalizatsiya qilinishi kerak. Buning uchun Belgiya nikoh tuzilganligi to'g'risidagi guvohnomasining asli mamlakat vakolatli tashkilotlariga tasdiqlash uchun topshirilib muhr bosiladi. Keyin hujjatning asli bilan bir qatorda uning nusxasi Legalizatsiya uchun Elchixonaning hisob raqamiga to'lov (O'zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun - 30 evro va chet elliklar uchun - 70 evro) o’tkazilganlik haqidagi kvitansiya nusxasi bilan birga Elchixonaga taqdim etiladi. Shundan keyingina Belgiya idoralari tomonidan berilgan hujjat O'zbekiston hukumati tomonidan tan olinadi;
c) Daniya, Lyuksemburg va Niderlandiyaning FHDYO idoralari tomonidan berilgan nikoh tuzilganligi to'g'risidagi guvohnoma. Legalizatsiya to'g'risidagi Gaaga bitimi doirasida hujjatlar o'zaro tan olinishi sababli, ushbu hujjat tegishli idoralarda Apostil qilinadi (Apostil muhri bosilishi). Shundan keyingina hujjat O'zbekiston hukumati tomonidan tan olinadi.
Legalizatsiya va Apostil qilingan nikoh tuzilganligi tuzilganligi guvohnoma qasamyod qilgan tarjimon tomonidan rus yoki o'zbek tiliga tarjima qilinishi kerak.
Agar hujjat Legalizatsiya qilinsa Apostil talab qilinmaydi yoki aksincha Apostil qilingan hujjat Legalizatsiya qilinmaydi.
5. Tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnomaning asli va nusxasi.
6. Ariza beruvchining ushbu hududda qonuniyligini tasdiqlovchi hujjat. Xususan, pasportdagi tegishli stiker, viza, yashash huquqi, vaqtincha yashash huquqi, mahalliy hokimiyat ma’lumotnomalari, elektron guvohnoma yoki Belgiya Daniya, Lyuksemburg va Niderlandiya vakolatli idoralarining arizachiga yashashga ruxsat berilganligini bildiruvchi alohida ma’lumotnoma (asl nusxasi). Ushbu turlarning barchasi qasamyod qilgan tarjimon tomonidan o'zbek yoki rus tillariga tarjima qilinishi kerak.
7. Konsullik yig'imi to'langanligi to'g'risida kvitansiya - 40 evro.