O'zbekiston fuqaroligidan chiqish va uni yo'qotish masalalari
Konsullik okrugi mamlakatlarida (Belgiya, Daniya, Lyuksemburg va Niderlandiya) doimiy yashovchi va Elchixona tomonidan doimiy ro'yxatga olingan O'zbekiston Respublikasi fuqarosi O'zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish to'g'risida ariza berish huquqiga ega.
O'zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish to'g'risida ariza berishni istagan shaxs chet davlat fuqaroligini olish kafolatiga ega bo'lishi kerak.
O'zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish to'g'risida ariza berishni istagan shaxs Elchixonaning Konsullik bo'limiga shaxsan murojaat qilishi kerak. Hujjatlarni boshqa shaxslar yoki pochta orqali yuborishga yo'l qo'yilmaydi.
Ariza beruvchi O'zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish uchun Elchixonaning Konsullik bo'limiga ikki nusxada quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak:
- O'zbekiston Respulikasi Prezidenti nomiga iltimosnoma (Namuna);
- o'rnatilgan tartibdagi ariza-so'rovnoma (arizasi);
- tarjimai-hol (Namuna);
- O'zbekiston Respublikasi fuqarosi pasportining barcha sahifasi nusxasi;
- tug'ilganlik haqidagi guvohnoma nusxasi;
- arizachining сhet davlat fuqaroligini olishisga turmush o'rtog'i tomonidan berilgan notarial tasdiqlangan roziligi;
- O'zbekiston Respublikasi fuqaroligidan ota-onasi bilan birgalikda 14 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan farzandlar chiqayotgan bo'lsa, ularning rozilik arizalari taqdim etishlari lozim (Namuna).
- Agar ota va ona O'zbekiston Respublikasi fuqarosi bo'lsa va ulardan faqat bittasi O'zbekiston Respublikasi fuqaroligidan18 yoshgacha bo'lgan farzandi bilan birga fuqarolikdan chiqayotgan taqdirda, fuqarolikdan chiqmayotgan otasi/onasining farzandini O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishiga nisbatan munosabati ifoda etgan yozma arizasi taqdim etiladi;
- chet davlatda doimiy yashash huquqini berovchi hujjat nusxasi;
- nikoh tuzilganligi/ajrashganlik haqida guvohnoma (mavjud bo'lganda);
- 4 dona rangli fotosurat (3х4 sм);
- 2 dona papka Papka namunasi.
O'zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish bo'yicha hujjatlarni rasmiylashtirish uchun 120 evro miqdorida konsullik yig'imi o’ndiriladi. Konsullik yig'imi faqat bank to'lovlari orqali qabul qilinadi (Ambassade d’Ouzbékistan, Banque KBC, IBAN CODE: BE 83 7340 2844 1015 EUR, BIC: KREDBEBB, Avenue F.Roosevelt 99, 1050 Bruxelles).
Prezident farmoni chiqqandan keyin arizachi O'zbekiston paspotini konsulxonaga topshirishi shart, agar farmon chiqqanligi haqida rasmiy ma'lumotnoma kerak bo'lsa 40 evro to'lash kerak.
Eslatma:
Yuqorida keltirilgan barcha hujjatlar 2 nusxada, alohida papkalarda topshirilishi kerak. Papka namunasi.
Barcha xorijiy hujjatlar notarial tasdiqlangan holda va apostil yoki legalizatsiya qo'yilgan shaklda bo’lishi lozim.
O'zbekiston vakolatli idoralari tomonidan berilgan hujjatlarning nusxalari konsullik bo'limi tomonidan tasdiqlanishi mumkin. Bunday holatda, arizachi hujjatlarning aslini va nusxalarini taqdim etadi.
Arizani ko'rib chiqayotgan O'zbekiston vakolatli idoralari ushbu ro'yxatda keltirilmagan qo'shimcha hujjatlarni talab qilishlari mumkin.
Fuqarolikdan chiqish jarayoni umumiy ravishda 1-3 yil davom etishi mumkin.
O'zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishi bo'yicha hujjatlarni topshirish uchun arizachi konsullik bo'limiga shaxsan murojaat qilishi lozim.
Arizachining konsullik bo'limiga kelishining imkoni bo’lmagan taqdirda (uchinchi mamlakatda bo‘lishi, sog'lig‘i tufayli va boshqa–arizachiga bog'liq bo'lmagan sabablarga ko'ra) hujjatlar pochta orqali qabul qilinishi mumkin, buning uchun arizachining shaxshi videoaloqa (Whatsapp, Telegram, Imo) orqali aniqlanishi lozim. Bu holatda arizachi konsulxonaga pasporting asl nusxasi va oldindan puli to'langan pochta konvertini yuborish kerak. Hujjatlar Bosh konsulxonaga tomonidan qabul qilingandan so'ng passport egasiga qaytarib yuboriladi.
Hujjatlar pochta orqali yuborilgan taqdirda, pochta xizmatlarining manzilingiz ko’rsatilgan va puli to’langan Shipping Label yopishtirilgan konvertini qo'shib yuboring. Elchixona pochta orqali yuborilgan hujjatlar yo'qolganligi uchun javobgarlikni o’z zimmasiga olmaydi.
Chet davlat fuqaroligni qabul qilgan O'zbekiston Respublikasi fuqarosi fuqarolikni yo'qotish uchun Konsullik muassasasiga quyidagi hujjatlarni 3 nusxada taqdim qiladi:
- Konsullik muassasasi rahbari nomiga ariza (namuna);
- tarjimai-hol (namuna);
- O'zbekiston Respublikasi fuqarosi pasportining nusxasi (namuna);
- O'zbekiston Respublikasi fuqarosining chet davlat fuqaroligi qabul qilganini tasdiqlovchi hujjat nusxasi (o'zbek yoki rus tiliga tarjimasi bilan);
- 4 dona rangli fotosurat (3х4 sм);
- 2 dona papka (papka namunasi).
7 yil davomida konsullik hisobiga turmaganlik sababli fuqarolikni yo'qotish uchun arizachi Konsullik muassasasiga quyidagi hujjatlarni 3 nusxada taqdim qiladi:
- Konsullik muassasasi rahbari nomiga ariza (namuna);
- tarjimai-hol (namuna);
- O'zbekiston Respublikasi fuqarosi pasportining nusxasi (namuna);
- 4 dona rangli fotosurat (3х4 sм);
- 2 dona papka (papka namunasi).