Madaniy va gumanitar hamkorlik
Madaniy va ta'lim sohasida hamkorlik.
So'nggi yillarda O'zbekiston Respublikasi bilan Belgiya o'rtasida madaniy-gumanitar hamkorlik ancha jadallashdi.
2015 yilning martida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi va Xalqaro ma'muriy fanlar instituti ortasida o'zaro tushunish to'g'risida Memorandum imzolandi.
2017 yilning 26-31 iyulida "O'zbegim Yoshlari" raqs guruhining "Pikkeling" folklor raqslari xalqaro festivalida ishtiroki doirasida Belgiyaning Aalst shahrida O'zbekistonning raqs va madaniyatining taqdimoti bo'lib o'tdi.
Har yili Jahon iqtisodi va diplomatiya va O’zbek Davlat sharqshunoslik universitetlari uch nafar o'qituvchi Belgiyaning Wallonia-Bryussel xalqaro tashkiloti tomonidan tashkil etiladiga Luven katolik universitetida frantsuz tili o'qitishning ikki haftalik til kurslariga qatnashadi. 2017 yilning 29 iyuldan 17 avgustgacha ushbu o'zbek universitetlarining o'qituvchilari frantsuz tilini mukammallashtirish kurslarida ishtirok etdilar.
2017 yilning 25-30 avgust kunlari Samarqand shahrida bolib o’tgan Sharq taronalari xalqaro musiqa festivalida Belgiyalik musiqa guruhlari ishtirok etdi.
2017 yilning 9 noyabrida Bryusselda "Nihol" mukofoti sovrindori Gulzoda Xudoynazarovaning kontsert dasturi Belgiyaning "Muziekpublique" nodavlat jamg'armasi va "Klangkosmos NRW" jahon musiqa konserti majmuasi (Germaniya) madaniy markazi bilan tashkil etildi.
2018 yilning 21 martida Bryusselda hamda 23 martida Kortrijkda (Belgiya) va 2018 yilning 7 aprelida Amsterdamda "Navro'z" bayramiga bag'ishlangan tantanali tadbirlar bo'lib o'tdi. Tadbirlarda Namangan viloyati ijodiy guruhi ishtirok etdi.
2018 yilning 6-10 sentyabrida Shaxrisabzda bo'lib o'tgan 1chi Maqom madaniyati xalqaro forumida Belgiyaning "Lamekan" musiqiy guruhi ishtirok etdi.
2018 yilning sentyabrida Toshkent shahrida "Pikanol" to'qimachilik korxonasining o'quv markazi ochildi. Unda respublikaning to'qimachilik korxonalari mutaxassislari amaliyot va treninglar o'tkazishlari mumkin.
2018 yilning 25 sentyabri Belgiyada va 28 sentyabrida Gollandiyaning Gaaga shahrida Mustaqillik bayramining 27 yilligini munosabati bilan bo'lib o'tgan tadbirlarda Jizzax viloyatidan "Sado" ijodiy guruhi ishtirok etdi.