Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili bilan telefon orqali muloqot
2025-yil 7-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili, Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti Kaya Kallas bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdi.
Suhbat chog‘ida ikki va ko‘p tomonlama hamkorlik doirasidagi qator mavzular qamrab olindi. Mintaqalar o‘rtasidagi hamkorlik jadal sur’atlar bilan yuksalib borayotganligi ta’kidlandi. Ko‘plab natijalarga erishildi, hali oldinda yanada kengroq imkoniyatlar mavjudligiga urg‘u berildi. Eslatib o‘tamiz, bu yil Samarqand shahrida Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi sammiti bo‘lib o‘tadi.