Siyosiy munosabatlar
Siyosiy sohadagi hamkorlik.
Belgiya O'zbekiston Respublikasi mustaqilligini 1991 yilning 31 dekabrida tan oldi. Ikki mamlakat o'rtasida diplomatik aloqalar 1992 yilning 10 martida o'rnatildi. 1995 yildan beri Bryusselda O'zbekiston Respublikasining elchixonasi faoliyat yuritmoqda.
Eng yuqori va yuqori darajadagi tashriflar. 1996 yilning 14 noyabrida O'zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimovning Belgiyaga rasmiy tashrifi, 1998 yilning 17-18 aprelida Belgiya Bosh vaziri If Letermning O'zbekistonga rasmiy tashrifi hamda 2010 yilning 21 sentyabrida Nyu-Yorkdagi Mingyillik rivojlanish maqsadlari bo'yicha oliy darajadagi yalpi majlis doirasida O'zbekiston rahbariyatining Belgiya Bosh vaziri If Leterm bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Ikki mamlakat tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvlari muntazam ravishda o'tkazilmoqda. 2015 yilning may oyida O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning Bryusselga tashrifi doirasida Belgiya tashqi ishlar vaziri Didier Reynders va Belgiya parlamenti Vakillar palatasi raisi Siefried Brake bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. 2017 yilning 18 iyulida Bryusselda Belgiya Bosh vazirining o'rinbosari, Belgiya tashqi ishlar va Evropa ishlari bo'yicha vaziri Didier Reynders bilan uchrashuvda O'zbekiston-Belgiya hamkorligini yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qilindidi.
Ikki mamlakat Tashqi ishlar vazirliklari o'rtasida siyosiy maslahatlashuvlar yo'li bilan muntazam muloqotlar tashkil etildi. Hozirgacha 6-ta siyosiy maslahatlashuvlar bo'lib o'tdi (2005 yiningl 13 dekabrida O'zbekiston Respublikasida, 2009 yilning 27-30 oktyabrida O'zbekiston Respublikasida, 2010 yilning 25 noyabrida Belgiyada, 2012 yilning 26-27 sentyabrida O'zbekiston Respublikasida, 2016 yilning 10 mayida Toshkentda, 2018 yilning 9 mayida Belgiyada).
Parlamentlararo hamkorlik. 2006 yildan beri Parlamentlararo hamkorlik guruhlari ikki mamlakat parlamentlari tarkibida faoliyat yuritmoqda. Belgiya parlamentida Senator Alen Desteks boshchiligidagi Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ozarbayjon bilan parlamentlararo hamkorlik guruhi tuzilgan.
Muntazam tashriflar tashkil etildi. 2015 yil 12-17 sentyabr Belgiya parlamenti Vakillar palatasi raisi Siegfrid Brake O'zbekistonga rasmiy tashrif buyurdi.
Oliy Majlisning Belgiya Qirolligi Parlamenti bilan hamkorlik qilish uchun Oliy Majlisning yangi tarkibi tuzilishi munosabati bilan Qonunchilik palata deputatlari va Oliy Majlis Senatining a'zolari, Belgiya Federal Parlamenti, Valoniya va Flandriya parlamentlari vakillari tomonidan delegatsiyalar almashuvi yo'li bilan parlamentlararo aloqalarni faollashtirish taklif qilindi.
2017 yilning 28 noyabrida Oliy Majlis tomonidan Bryusselga tashrif amalga oshirildi hamda Senatning Tashqi aloqalar qo'mitasi raisi A.Kurmanov bilan Belgiya Vakillar palatasining tashqi siyosat masalalari qo'mitasi raisi D. van der Maelen bilan uchrashdi.