O’zbekistonda ziyorat turizmini rivojlantirish yo‘lida qator qulayliklar yaratilmoqda
O‘zbekistonning xalqaro aeroportlarida ziyoratchilarni tashuvchi xorijiy aviakompaniyalar havo kemalariga yerda ko‘rsatiladigan xizmatlarning asosiy turlari uchun eʼlon qilingan tariflarga 50 foizgacha chegirmalar joriy qilinadi.
Mamlakatimizda turizm industriyasini yana-da takomillashtirish maqsadida ziyoratchilarga qator qulayliklar yaratilib, xizmat ko‘rsatish tizimlari uchun alohida tartiblar belgilandi. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va “Uzbekistan Airports” AJ hamkorligida ishlab chiqilgan dastur asosida ziyoratchilarni tashish bo‘yicha mamlakatimiz xalqaro aeroportlarida xorijiy aviakompaniyalar havo kemalariga yerda ko‘rsatiladigan xizmatlarning asosiy turlari uchun eʼlon qilingan tariflarga 50 foizgacha chegirmalar joriy qilinadi.
Shuningdek, parvozlar ko‘lamini kengaytirish va O‘zbekistondagi xalqaro aeroportlar jozibadorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega imtiyozlar berilishi ham ko‘zda tutildi. Unga ko‘ra, xorijiy aviakompaniyalar havo kemalariga yerda ko‘rsatiladigan xizmatlarning asosiy turlari bo‘yicha eʼlon qilingan tariflarga 30 foizgacha tabaqalashtirilgan chegirma quyidagi holatlarda taqdim etiladi:
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro aeroportlariga yangi yo‘nalishlar bo‘yicha parvozlarni yo‘lga qo‘yish va ularni rivojlantirish taklifi bilan ilk bor murojaat qilgan xorijiy aviakompaniyalar uchun;
O‘zbekiston Respublikasining hududiy aeroportlariga (aeroportlaridan) parvozlarni amalga oshirayotgan xorijiy aviakompaniyalarning yangi yo‘nalishlari uchun;
mavjud parvozlar sonidan tashqari shu yo‘nalish bo‘yicha qo‘shimcha qatnovlar uchun.