Mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 22-fevralda qabul qilingan
Senat tomonidan 2019-yil 28-fevralda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 5-mayda qabul qilingan “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi 1054–XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 24-aprelda qabul qilingan 474–II-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 5, 63-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 414-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 133-modda, № 9, 330-modda; 2010-yil, № 9, 337-modda; 2011-yil, № 10, 270-modda; 2012-yil, № 12, 334-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda, № 12, 773-modda; 2018-yil, № 1, 5-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 2-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ushbu Qonunning amal qilishi davlat korxonalariga va notijorat tashkilotlarga nisbatan tatbiq etilmaydi, bundan matlubot kooperativi yoki ijtimoiy fond shaklida ish yuritayotgan yuridik shaxslar mustasno”;
2) 19-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisidagi “iqtisodiy” degan soʻz chiqarib tashlansin;
3) 35-moddaning birinchi qismidagi “joylashgan yerdagi (yashash joyidagi)” degan soʻzlar “davlat roʻyxatidan oʻtgan yerdagi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 199-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5–6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2,
56-modda, № 4–5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5–6, 153-modda, № 7–8, 217-modda; 2001-yil, № 1–2, 23-modda, № 9–10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9–10, 149-modda; 2004-yil, № 1–2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431-moddalar, № 10, 673, 679-moddalar; 2019-yil, № 1, 1, 3, 5-moddalar) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 275-modda sakkizinchi xatboshisining oʻzbekcha matnidagi “hal qiluv qaroriga” degan soʻzlar “qarorga” degan soʻz bilan almashtirilsin;
2) 316-moddaning birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususida shu qarorning nusxasi olingan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida shikoyat berilishi mumkin, bundan sud qarori mustasno”;
3) 317-modda ikkinchi qismining oʻzbekcha matnidagi “hal qiluv” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
4) 321-modda oʻzbekcha matnining:
nomidagi “hal qiluv” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
birinchi qismining birinchi xatboshisidagi “hal qiluv qarorlaridan” degan soʻzlar “qarorlardan” degan soʻz bilan almashtirilsin;
beshinchi qismidagi “hal qiluv qarorida” degan soʻzlar “qarorda” degan soʻz bilan almashtirilsin;
oltinchi qismidagi “hal qiluv qarorining” degan soʻzlar “qarorning” degan soʻz bilan almashtirilsin;
5) 323-moddaning oʻzbekcha nomidagi va matnidagi “hal qiluv qaroriga” degan soʻzlar “qarorga” degan soʻz bilan almashtirilsin;
6) 3247-modda:
nomining oʻzbekcha matnidagi “hal qiluv” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
birinchi qismining oʻzbekcha matnidagi “hal qiluv qarorlaridan” degan soʻzlar “qarorlardan” degan soʻz bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sudning maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha qarori ustidan berilgan shikoyat (protest) yuzasidan kassatsiya instansiyasi sudi qaror chiqaradi va bu qaror chiqarilgan paytdan eʼtiboran kuchga kiradi”;
7) 32423-modda 4-bandining oʻzbekcha matnidagi “ish yuritishni toʻxtatishga” degan soʻzlar “ish yuritishni tugatishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan 163–I-sonli va 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan 256–I-sonli qonunlari bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova, № 11–12; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5–6, 102-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1–2, 23-modda, № 9–10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1–2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda, № 9, 494, 498-moddalar; 2007-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 4, 156, 164-moddalar, № 8, 367-modda, № 9, 416-modda, № 12, 598, 608-moddalar; 2008-yil, № 4, 192-modda, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2010-yil, № 9, 335, 337, 340-moddalar; 2011-yil, № 12/2, 363, 364, 365-moddalar; 2012-yil, № 4, 106, 109-moddalar, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 8, 310, 312-moddalar; 2016-yil, № 4, 125-modda; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 9, 510-modda, № 12, 773-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 224-modda, № 7, 433-modda, № 10, 673-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 151-moddaning birinchi qismidagi “qonunlarda” degan soʻz “qonun hujjatlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 156-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi 6-band bilan toʻldirilsin:
“6) mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish toʻgʻrisida kelishuv tuzilgan taqdirda”;
3) 163-moddaning oltinchi xatboshisidagi “shu jumladan egalik qilishdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmagan buzishlarni (ushbu Kodeksning 231-moddasi)” degan soʻzlar «garchi bu buzishlar egalik qilishdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmasa ham (ushbu Kodeksning
231-moddasi)» degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 480-moddaning birinchi qismidagi “va notarial tartibda tasdiqlanishi lozim” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
5) 488-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Uyni, kvartirani, uyning yoki kvartiraning bir qismini sotish shartnomasi notarial tartibda tasdiqlanishi va davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim”.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi 223 – I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 6-mayda qabul qilingan OʻRQ–370-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-yil, № 5, 128-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4-moddalar, № 4, 224-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 3-moddaning oltinchi qismidagi “boʻlishi lozim” degan soʻzlar “boʻlishga haqli” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 10-moddaning:
beshinchi qismi chiqarib tashlansin;
oltinchi – sakkizinchi qismlari tegishincha beshinchi – yettinchi qismlar deb hisoblansin;
3) 17-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«17-modda. Jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) miqdori
Jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) miqdori jamiyat ustavida belgilanadi.
Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) jamiyat ustavida nazarda tutilgan miqdorda shakllantirishning eng koʻp muddati jamiyat davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran bir yildan oshmasligi kerak.
Jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) eng kam miqdori litsenziya talablarida belgilanishi mumkin»;
4) 19-moddaning:
uchinchi qismi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi va beshinchi qismlari tegishincha uchinchi va toʻrtinchi qismlar deb hisoblansin;
5) 32-moddaning:
yettinchi qismi chiqarib tashlansin;
sakkizinchi qismi yettinchi qism deb hisoblansin;
6) 35-modda:
birinchi qismining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jamiyat tomonidan aksiyalarni va aksiyalarga ayirboshlanadigan, haqi pul mablagʻlari bilan toʻlanadigan emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni joylashtirishda ovoz beruvchi aksiyalarning egalari boʻlgan aksiyadorlar ularni imtiyozli ravishda olish huquqiga ega”;
ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;
uchinchi va toʻrtinchi qismlari tegishincha ikkinchi va uchinchi qismlar deb hisoblansin;
7) 59-moddaning birinchi qismi:
quyidagi mazmundagi yigirma toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“majburiy auditorlik tekshiruvini oʻtkazish uchun auditorlik tashkilotini belgilash, ushbu tashkilotning xizmatlariga toʻlanadigan eng koʻp haq miqdori va u bilan shartnoma tuzish (shartnomani bekor qilish) toʻgʻrisida qaror qabul qilish”;
yigirma toʻrtinchi xatboshisi yigirma beshinchi xatboshi deb hisoblansin;
8) 62-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishini oʻtkazish toʻgʻrisidagi xabar aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi oʻtkaziladigan sanadan kamida yigirma bir kundan kechiktirmay, lekin uzogʻi bilan oʻttiz kun oldin Korporativ axborotning yagona portalida, jamiyatning rasmiy veb-saytida va ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi, shuningdek aksiyadorlarga elektron pochta orqali yuboriladi”;
9) 74-modda quyidagi mazmundagi toʻrtinchi – oltinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
«Eng muhim masalalarni koʻrib chiqish va jamiyatning kuzatuv kengashiga tavsiyalar tayyorlash uchun kuzatuv kengashi aʼzolari orasidan qoʻmitalar tashkil etilishi mumkin.
Aksiyalari fond birjasining birja kotirovkasi varagʻiga kiritilgan jamiyat faqat mazkur jamiyat kuzatuv kengashining aʼzolaridan tarkib topgan audit qoʻmitasini tashkil etishi shart. Jamiyatning ichki audit xizmati, agar bunday xizmat mavjud boʻlsa, oʻz faoliyatida audit qoʻmitasiga hisobdordir.
Qoʻmitalarni shakllantirish va ularning ishlash tartibi, soni va tarkibi jamiyatning kuzatuv kengashi toʻgʻrisidagi nizomda belgilanadi»;
10) 75-modda birinchi qismining oʻn toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“auditorlik tekshiruvini oʻtkazish (majburiy auditorlik tekshiruvi bundan mustasno), auditorlik tashkilotini belgilash, uning xizmatlariga toʻlanadigan eng koʻp haq miqdori va u bilan shartnoma tuzish (shartnomani bekor qilish) toʻgʻrisida qaror qabul qilish”;
11) 76-modda:
quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
«Aksiyalari fond birjasining birja kotirovkasi varagʻiga kiritilgan jamiyat kuzatuv kengashi tarkibiga kamida bir nafar mustaqil aʼzo kiritilishi kerak, ushbu aʼzo har yili qayta saylanishi mumkin. Bunda davlat va (yoki) xoʻjalik birlashmasining ulushi ustun boʻlgan jamiyatlarda nomzod koʻrsatish hamda kuzatuv kengashining mustaqil aʼzosi boʻyicha ovoz berish davlat va (yoki) xoʻjalik birlashmasining vakillari tomonidan amalga oshiriladi.
Quyidagi shaxs kuzatuv kengashining mustaqil aʼzosi deb eʼtirof etiladi:
soʻnggi uch yil mobaynida jamiyatda va (yoki) uning affillangan shaxslarida ishlamagan shaxs;
jamiyatning aksiyadori va (yoki) uning affillangan shaxsining taʼsischisi (aksiyadori, ishtirokchisi) boʻlmagan shaxs;
jamiyatning va (yoki) uning affillangan shaxsining yirik mijozi va (yoki) yirik yetkazib beruvchisi bilan fuqarolik-huquqiy munosabatlarda boʻlmagan shaxs. Bunda qaysi mijoz va yetkazib beruvchi bilan eng kam ish haqining ikki ming baravaridan koʻp boʻlgan summaga teng amaldagi shartnoma mavjud boʻlsa, oʻshalar yirik mijoz va yirik yetkazib beruvchi deb eʼtirof etiladi;
jamiyat va (yoki) uning affillangan shaxslari bilan biror-bir kelishuvga ega boʻlmagan shaxs, bundan kuzatuv kengashi aʼzosining vazifalari va funksiyalari bajarilishini taʼminlash bilan bogʻliq boʻlgan hollar mustasno;
jamiyatning boshqaruv va ichki nazorat organlarining va (yoki) uning affillangan shaxslarining aʼzosi boʻlgan shaxsning yoki soʻnggi uch yil ichida ularga aʼzo boʻlgan shaxsning eri (xotini), ota-onasi (farzandlikka oluvchisi), farzandi (farzandlikka olingan bolasi), tugʻishgan va oʻgay akasi (ukasi) hamda opasi (singlisi) boʻlmagan shaxs;
davlat boshqaruvi organining yoki davlat korxonasining xodimi boʻlmagan shaxs»;
beshinchi – oʻn birinchi qismlari tegishincha yettinchi – oʻn uchinchi qismlar deb hisoblansin;
12) 81-modda quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
«Sud jamiyatning kuzatuv kengashi aʼzosini, direktorini yoki boshqaruvi aʼzosini jamiyatga mulkiy zarar yetkazganlikda aybdor deb topgan taqdirda, ushbu aʼzoning, direktorning yoki boshqaruv aʼzosining vakolatlari sudning qaroriga koʻra, ularning xoʻjalik jamiyatlarida rahbarlik lavozimini egallashi taqiqlangan holda, bir yildan kam boʻlmagan muddatga tugatilishi mumkin.
Jamiyatning kuzatuv kengashi aʼzosi, direktori yoki boshqaruvi aʼzosi, shuningdek ishonchli boshqaruvchi jamiyatga chalgʻituvchi axborot yoki bila turib yolgʻon axborot taqdim etganligi yoxud oʻzlari yoki oʻz affillangan shaxslari tomonidan foyda (daromad) olish maqsadida yirik bitim tuzishni va (yoki) yirik bitim tuzish va (yoki) affillangan shaxslar bilan bitimlar tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilishni taklif etganligi natijasida yetkazilgan zarar uchun javobgarlikka tortilishi mumkin»;
13) 104-modda quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Aksiyador (aksiyadorlar) yirik bitimni yoki affillangan shaxs bilan tuzilgan bitimni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasini sudda koʻrib chiqish chogʻida jamiyatdan va guvohlardan sud tomonidan koʻrib chiqilayotgan ishga taalluqli boʻlishi mumkin boʻlgan barcha hujjatlarni olishga haqli, bundan davlat sirini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi hujjatlar mustasno”;
14) 106-modda:
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Aksiyalari fond birjasining birja kotirovkasi varagʻiga kiritilgan jamiyat Korporativ axborotning yagona portalida va jamiyatning rasmiy veb-saytida boshqa yuridik shaxslarning 5 va undan ortiq foiz aksiyalariga (ulushlariga, paylariga) egalik qilishi toʻgʻrisidagi axborotni eʼlon qilishi shart. Bunda mazkur axborot aksiyalar (ulushlar, paylar) olingan paytdan eʼtiboran 72 soat ichida eʼlon qilinishi kerak”;
toʻrtinchi qismi beshinchi qism deb hisoblansin.
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi 474–I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 232-modda; 1998-yil, № 5–6, 102-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 7–8, 217-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda, № 9–10, 182-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 5, 152-modda, № 9, 312-modda, № 12, 415-modda; 2006-yil, № 10, 536-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 12, 474-modda; 2010-yil, № 9, 336-modda; 2012-yil, № 4, 105-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 12, 385-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 12, 773-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4-moddalar; 2019-yil, № 1, 1, 5-moddalar) 5-moddasining birinchi qismiga quyidagi oʻzgartish va qoʻshimcha kiritilsin:
8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8) soliq tekshiruvini oʻtkazishga soliq toʻlovchi tomonidan toʻsqinlik qilingan yoki soliq toʻlovchi daromadlar olish uchun foydalanayotgan yoxud soliq solish obyektini saqlash bilan bogʻliq hududlarni, binolarni, shu jumladan joylarni koʻzdan kechirish uchun davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxslarini kiritish rad etilgan hollarda, banklardagi hisobvaraqlar boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish yuzasidan sud tartibida choralar koʻrish (bundan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish aniqlangan hollar mustasno)”;
quyidagi mazmundagi 82-band bilan toʻldirilsin:
“82) soliq toʻlovchi qayd etilgan manzilda boʻlmagan, shuningdek soliq toʻlovchi tomonidan soliq hisoboti va (yoki) moliyaviy hisobot, kameral nazorat natijalari boʻyicha tafovutlarning asoslari yoxud aniqlashtirilgan soliq hisoboti belgilangan muddatda taqdim etilmagan hollarda banklardagi hisobvaraqlar boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish. Soliq toʻlovchining banklardagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qaror vujudga kelguniga qadar banklardagi hisobvaraqlar boʻyicha operatsiyalar toʻxtatilgan shart-sharoitlarni oʻz ichiga olishi kerak”.
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan “Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) toʻgʻrisida”gi 600–I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5–6, 84-modda; 2003-yil, № 9–10, 149-modda; 2004-yil, № 1–2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 12, 472-modda; 2012-yil, № 12, 336-modda) 5-moddasining toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) mustaqil balansga, bank muassasasida hisob-kitob varaqlariga va boshqa hisobvaraqlarga ega boʻladi, shuningdek oʻz nomi yozilgan muhrga ega boʻlishga haqli”.
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 25-mayda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi 69–II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 2-mayda qabul qilingan OʻRQ–328-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-yil, № 5, 133-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 8, 312-modda, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 12, 384, 385-moddalar; 2018-yil, №12, 781-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda) 34-moddasining uchinchi qismiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartish kiritilsin:
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“tadbirkorlik subyektlaridan hujjatlarga muhr bosishni talab qilish yoki hujjatlarni muhr bilan tasdiqlash toʻgʻrisida talab qoʻyish”;
uchinchi xatboshi toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin.
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrda qabul qilingan “Davlat kadastrlari toʻgʻrisida”gi 171–II-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 1–2, 19-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, № 1, 1-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda, № 7, 432-modda) 13-moddasi quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Koʻchmas mulk boʻlgan kadastr obyektlariga doir huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organlar koʻchmas mulk obyekti boʻyicha bitimni insofli ravishda tuzgan taraflar Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestridagi notoʻgʻri axborot oqibatida koʻrgan zararlar uchun javobgar boʻladi. Zararning oʻrni sudning qonuniy kuchga kirgan qarori asosida qoplanishi lozim”.
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 6-dekabrda qabul qilingan “Xoʻjalik shirkatlari toʻgʻrisida”gi 308–II-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 1, 8-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 7, 325-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda) 3-moddasiga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
toʻqqizinchi qism quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xoʻjalik shirkati oʻzining toʻliq firma nomi davlat tilida ifodalangan va xoʻjalik shirkatining joylashgan yeri koʻrsatilgan dumaloq muhrga ega boʻlishga haqli. Xoʻjalik shirkatining muhrida uning firma nomi xoʻjalik shirkatining tanloviga koʻra boshqa tillarda ham ifodalanishi mumkin”;
oʻninchi qismning ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin.
10-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 6-dekabrda qabul qilingan “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi 310–II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 1, 10-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda; 2007-yil, № 7, 325-modda, № 12, 598-modda; 2011-yil, № 12/2, 363-modda; 2012-yil, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4-moddalar) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 5-modda:
toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jamiyat oʻzining toʻliq firma nomi davlat tilida ifodalangan va jamiyatning joylashgan yeri koʻrsatilgan dumaloq muhrga ega boʻlishga haqli. Jamiyatning muhrida uning firma nomi jamiyatning tanloviga koʻra boshqa tillarda ham ifodalanishi mumkin”;
beshinchi qismining ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin;
2) 14-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Jamiyat ustav fondi (ustav kapitali) jamiyatning ustavida belgilanadi va uning ishtirokchilari ulushlarining nominal qiymatidan iborat boʻladi.
Jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) eng kam miqdori litsenziya talablarida belgilanishi mumkin»;
3) 19-moddaning:
birinchi – oltinchi qismlari tegishincha quyidagi mazmundagi birinchi – toʻrtinchi qismlar bilan almashtirilsin;
«Jamiyat oʻz ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirishga haqli, ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarda esa, jamiyat oʻz ishtirokchilarining jamiyat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarining nominal qiymatini kamaytirish va (yoki) jamiyatga tegishli ulushlarning haqini toʻlash orqali oʻz ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirishi shart.
Jamiyatning barcha ishtirokchilari ulushlarining nominal qiymatini kamaytirish yoʻli bilan jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish jamiyatning barcha ishtirokchilari ulushlari miqdorlari saqlab qolingan holda amalga oshirilishi kerak.
Jamiyat davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran bir yil ichida uning ustav fondi (ustav kapitali) toʻliq toʻlanmagan taqdirda, jamiyat oʻzining ustav fondini (ustav kapitalini) amalda toʻlangan miqdorgacha kamaytirishini eʼlon qilishi va uning kamaytirilganligini belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazishi yoki jamiyatni tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi kerak.
Agar ikkinchi va har bir keyingi moliya yili tugaganidan keyin jamiyat sof aktivlarining qiymati uning ustav fondidan (ustav kapitalidan) kam boʻlib qolsa, jamiyat oʻz ustav fondi (ustav kapitali) oʻzining sof aktivlari qiymatidan oshmaydigan miqdorgacha kamaytirilishini eʼlon qilishi va bunday kamaytirishni belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazishi shart»;
yettinchi – oʻninchi qismlari tegishincha beshinchi – sakkizinchi qismlar deb hisoblansin;
4) 20-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Jamiyat ishtirokchisi jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) oʻz ulushini yoki uning bir qismini jamiyatning bir yoxud bir necha ishtirokchisiga sotishga yoki boshqacha tarzda ularning foydasiga voz kechishga haqli. Bunday bitimni tuzish uchun, agar jamiyat ustavida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, jamiyatning yoki jamiyat boshqa ishtirokchilarining roziligi talab qilinmaydi.
Jamiyat ishtirokchisi, agar jamiyatning ustavida taqiqlangan boʻlmasa, oʻz ulushini (ulushining bir qismini) uchinchi shaxslarga sotishi yoki boshqacha tarzda ularning foydasiga voz kechishi mumkin.
Jamiyat ishtirokchisining ulushi toʻliq toʻlanguniga qadar boʻlgan davrda u faqat toʻlangan qismi boʻyicha boshqa shaxsga oʻtkazilishi mumkin.
Jamiyat ishtirokchilaridan birortasi tomonidan sotilayotgan ulushni (ulushning bir qismini) sotib olishda jamiyat ishtirokchilari uchinchi shaxslar oldida imtiyozli huquqdan foydalanadi. Bunday huquqdan jamiyatning har bir ishtirokchisi foydalanishi mumkin. Agar jamiyatning ustavida yoki jamiyat ishtirokchilarining kelishuvida imtiyozli huquqni amalga oshirish uchun ulushni sotib olishning boshqacha tartibi nazarda tutilmagan boʻlsa, jamiyat ishtirokchilari tomonidan ulushni (ulushning bir qismini) sotib olish ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) oʻz ulushlari miqdorlariga mutanosib ravishda amalga oshiriladi.
Agar jamiyatning boshqa ishtirokchilari jamiyatning ishtirokchisi tomonidan sotilayotgan ulushni (ulushning bir qismini) sotib olishda oʻzining imtiyozli huquqidan foydalanmagan boʻlsa, jamiyat mazkur ulushni (ulushning bir qismini) sotib olishda imtiyozli huquqqa ega boʻladi.
Oʻz ulushini (ulushining bir qismini) uchinchi shaxsga sotish niyatida boʻlgan jamiyat ishtirokchisi ulushning (ulushning bir qismining) sotilish bahosini va boshqa shartlarni koʻrsatgan holda, bu haqda jamiyatning qolgan ishtirokchilarini va jamiyatning oʻzini yozma shaklda xabardor qilishi shart. Jamiyatning ustavida xabarnoma jamiyat ishtirokchilariga jamiyat orqali yuborilishi nazarda tutilishi mumkin. Ulushni (ulushning bir qismini) imtiyozli sotib olish huquqini amalga oshirish istagida boʻlgan jamiyat ishtirokchisi oʻz ulushini (ulushning bir qismini) sotishni taklif etayotgan jamiyat ishtirokchisini yetti kunlik muddatda bu haqda xabardor qilishi, bunda sotishga taklif etilayotgan ulushni toʻliq yoki uning muayyan qismini sotib olmoqchi ekanligini koʻrsatishi kerak. Agar kelib tushgan takliflarning umumiy miqdori sotilayotgan ulushning miqdoridan oshmasa, ishtirokchilardan har biri ulushning oʻz xabarnomasida koʻrsatgan qismini sotib oladi. Agar ulushning qolgan qismi uchinchi shaxs ixtiyoriga oʻtkazilguniga qadar jamiyat ishtirokchilaridan qoʻshimcha takliflar kelib tushmasa, bunday qism uchinchi shaxsga oʻtkazilishi mumkin. Agar kelib tushgan takliflarning umumiy miqdori sotilayotgan ulush (ulushning bir qismi) miqdoridan oshsa, ishtirokchilar, agar jamiyatning ustavida yoki jamiyat ishtirokchilarining kelishuvida boshqacha taqsimlash nazarda tutilmagan boʻlsa, ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) oʻz ulushlari miqdorlariga mutanosib ravishda sotib oladi.
Jamiyat ishtirokchilari va (yoki) jamiyat sotish uchun taklif qilinayotgan butun ulushni (ulushning bir qismini) sotib olishda imtiyozli huquqdan shunday xabar berilgan kundan eʼtiboran bir oy ichida foydalanmagan taqdirda, agar jamiyat ustavida yoki jamiyat ishtirokchilarining kelishuvida boshqa muddat nazarda tutilmagan boʻlsa, ulush (ulushning bir qismi) jamiyatga va uning ishtirokchilariga maʼlum boʻlgan bahoda va shartlarda uchinchi shaxsga sotilishi mumkin.
Ulushni (ulushning bir qismini) jamiyat ishtirokchilari ulushlarining miqdorlariga nomutanosib ravishda sotib olishning imtiyozli huquqini amalga oshirish tartibini belgilovchi qoidalar jamiyat ustavida uni taʼsis etish chogʻida nazarda tutilishi, jamiyatning barcha ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qabul qilingan umumiy yigʻilish qaroriga binoan jamiyatning ustaviga kiritilishi, oʻzgartirilishi va jamiyatning ustavidan chiqarib tashlanishi mumkin.
Ulush (ulushning bir qismi) sotib olishning imtiyozli huquqi buzilgan holda sotilgan taqdirda, jamiyatning istalgan ishtirokchisi va (yoki) jamiyat, agar jamiyatning ustavida ulushni (ulushning bir qismini) sotib olishda jamiyat imtiyozli huquqqa ega ekanligi nazarda tutilgan boʻlsa, bunday buzilishni bilgan yoxud uni bilishi lozim boʻlgan paytdan eʼtiboran uch oy ichida sotuvchining huquqlari va majburiyatlarini oʻziga oʻtkazishni sud tartibida talab qilishga haqli. Mazkur imtiyozli huquqdan boshqaning foydasiga voz kechishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Jamiyatning ustavida jamiyat ishtirokchisining ulushini (ulushining bir qismini) sotishdan boshqacha tarzda uchinchi shaxslar foydasiga voz kechish uchun jamiyatning yoki jamiyat ishtirokchilarining roziligini olish zarurligi nazarda tutilishi mumkin.
Jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushdan (ulushning bir qismidan) boshqa shaxsning foydasiga voz kechish, agar uni notarial shaklda amalga oshirish toʻgʻrisidagi talab jamiyatning ustavida nazarda tutilmagan boʻlsa, oddiy yozma shaklda amalga oshirilishi kerak. Jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushdan (ulushning bir qismidan) oʻzganing foydasiga voz kechishga doir bitimning ushbu moddada yoki jamiyatning ustavida belgilangan shakliga rioya etmaslik uning haqiqiy emas deb topilishiga olib keladi.
Jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushdan (ulushning bir qismidan) boshqa shaxsning foydasiga voz kechilganligi haqida jamiyat bunday voz kechishning dalillari taqdim etilgan holda yozma ravishda xabardor qilinishi kerak. Jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushni (ulushning bir qismini) oluvchi mazkur voz kechish toʻgʻrisida jamiyat yozma ravishda xabardor qilingan paytdan eʼtiboran jamiyat ishtirokchisining huquqlarini amalga oshiradi va uning majburiyatlarini oʻz zimmasiga oladi.
Jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushni (ulushning bir qismini) oluvchiga jamiyat ishtirokchisining mazkur ulushdan (ulushning bir qismidan) boshqa shaxsning foydasiga voz kechguniga qadar yuzaga kelgan barcha huquqlari va majburiyatlari oʻtadi.
Jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlar jismoniy shaxslarning merosxoʻrlariga va jamiyatning ishtirokchilari boʻlgan yuridik shaxslarning huquqiy vorislariga oʻtadi.
Jamiyatning ishtirokchisi boʻlgan yuridik shaxs tugatilgan taqdirda, uning kreditorlari bilan hisob-kitob tugallanganidan soʻng qolgan unga qarashli ulush, agar qonun hujjatlarida yoki tugatilayotgan yuridik shaxsning taʼsis hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, tugatilayotgan yuridik shaxsning ishtirokchilari oʻrtasida taqsimlanadi.
Jamiyatning ustavida ushbu moddaning oʻn toʻrtinchi va oʻn beshinchi qismlarida belgilangan ulushning (ulushning bir qismining) oʻtishi va taqsimlanishiga faqat jamiyatning qolgan ishtirokchilari roziligi bilan yoʻl qoʻyilishi nazarda tutilishi mumkin.
Jamiyatning vafot etgan ishtirokchisining merosxoʻri tomonidan meros qabul qilinguniga qadar jamiyatning vafot etgan ishtirokchisining huquqlari vasiyatnomada koʻrsatilgan shaxs tomonidan amalga oshiriladi, uning majburiyatlari esa shu shaxs tomonidan bajariladi, bunday shaxs boʻlmagan taqdirda esa notarius tayinlagan boshqaruvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Jamiyatning ustavida jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushdan (ulushning bir qismidan) jamiyatning ishtirokchilari yoki uchinchi shaxslar foydasiga voz kechish, ulushning (ulushning bir qismining) merosxoʻrlarga yoki huquqiy vorislarga oʻtishi yoxud tugatilayotgan yuridik shaxsning ishtirokchilari oʻrtasida ulushning (ulushning bir qismining) taqsimlanishi uchun jamiyat ishtirokchilarining roziligini olish zarurligi nazarda tutilgan taqdirda, agar jamiyat ishtirokchilariga murojaat etilgan paytdan eʼtiboran oʻttiz kun ichida yoki jamiyatning ustavida belgilangan boshqa muddat ichida jamiyatning barcha ishtirokchilarining yozma roziligi olingan boʻlsa yoxud jamiyat ishtirokchilarining birortasidan ham rozilik berishga yozma raddiya olinmagan boʻlsa, bunday rozilik olingan deb hisoblanadi.
Jamiyatning ustavida jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushdan (ulushning bir qismidan) jamiyatning ishtirokchilari yoki uchinchi shaxslar foydasiga voz kechish uchun jamiyatning roziligini olish zarurligi nazarda tutilgan taqdirda, agar jamiyatga murojaat etilgan paytdan eʼtiboran oʻttiz kun ichida yoki jamiyat ustavida belgilangan boshqa muddat ichida jamiyatning yozma roziligi olingan boʻlsa yoxud jamiyatdan rozilik berishga yozma raddiya olinmagan boʻlsa, bunday rozilik olingan deb hisoblanadi.
Ushbu Qonunda yoki boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulush (ulushning bir qismi) ochiq kimoshdi savdosi orqali sotilganda, mazkur ulushning (ulushning bir qismining) oluvchisi jamiyatning yoki uning ishtirokchilarining roziligidan qatʼi nazar, jamiyatning ishtirokchisiga aylanadi.
Jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushning 50 va undan ortiq foizi egasiga aylangan shaxs (bundan davlat mustasno), agar shaxs bungacha jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarga egalik qilmagan yoki ulushning 50 foizidan kamrogʻiga egalik qilgan boʻlsa, minoritar ishtirokchilarga ulushlarini bozor qiymati boʻyicha oʻziga sotishni oʻttiz kun ichida taklif etishi shart. Jamiyatning ustavida ushbu taklif jamiyat ishtirokchilariga jamiyat orqali yuborilishi nazarda tutilishi mumkin.
Agar jamiyat ishtirokchisining oʻziga tegishli ulushini sotishi toʻgʻrisida oʻttiz kun ichida yozma roziligi olinsa, jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushning 50 va undan ortiq foizi egasi taklif etilgan ulushni sotib olishi shart»;
5) 22-moddaning oltinchi qismidagi “oʻn ikkinchi, oʻn uchinchi va oʻn toʻrtinchi” degan soʻzlar “oʻn toʻrtinchi, oʻn beshinchi va oʻn oltinchi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 25-modda:
ikkinchi qismi “moʻljallangan qismi” degan soʻzlardan keyin “(dividendlar)” degan soʻz bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Dividendlarni toʻlash muddati va tartibi jamiyatning ustavida yoki ishtirokchilarning umumiy yigʻilishi qarorida belgilanadi. Bunda dividendlarni toʻlash muddati jamiyat ishtirokchilari oʻrtasida foydani taqsimlash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran oltmish kundan oshmasligi kerak”.
11-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 11-dekabrda qabul qilingan “Xususiy korxona toʻgʻrisida”gi 558–II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 1–2, 8-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 3, 119-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2011-yil, № 9, 248-modda; 2012-yil, № 9/1, 238-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2016-yil, № 12, 385-modda) 6-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xususiy korxona oʻzining toʻliq firma nomi davlat tilida ifodalangan va xususiy korxonaning joylashgan yeri koʻrsatilgan muhrga ega boʻlishga haqli. Muhrda bir vaqtning oʻzida uning firma nomi boshqa tilda ham koʻrsatilishi mumkin”.
12-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 16-oktabrda qabul qilingan “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ–64-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 541-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 5-modda) quyidagi qoʻshimchalar va oʻzgartish kiritilsin:
1) quyidagi mazmundagi 371-modda bilan toʻldirilsin:
«371-modda. Hakamlik muhokamasida mediatsiyaning qoʻllanilishi
Hakamlik muhokamasida mediatsiya nizoni koʻrib chiqish jarayonida hakamlik sudining qarori qabul qilinguniga qadar qoʻllanilishi mumkin.
Hakamlik muhokamasining taraflari tomonidan mediatsiya tartib-taomillarini amalga oshirish haqida kelishuv tuzilgan taqdirda, hakamlik sudi mediatsiya tartib-taomili tugaguniga qadar hakamlik muhokamasini qoldirish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi.
Agar taraflar mediativ kelishuvni tuzsa, hakamlik sudi hakamlik muhokamasini tugatadi»;
2) 44-moddaning:
birinchi qismi quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“hakamlik muhokamasining taraflari mediativ kelishuv tuzgan boʻlsa”;
oltinchi – sakkizinchi xatboshilari tegishincha yettinchi – toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
13-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 25-dekabrda qabul qilingan OʻRQ–136-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, 12-songa 1-ilova; 2008-yil, № 12, 639-modda; 2009-yil, № 9, 330, 331-moddalar, № 12, 470, 472, 473-moddalar; 2010-yil, № 5, 178-modda, № 9, 334, 335, 336, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 474-modda; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 9, 248-modda, № 12/2, 364, 365-moddalar; 2012-yil, № 4, 106-modda, № 9/1, 238-modda, № 12, 334, 336-moddalar; 2013-yil, № 10, 263-modda, № 12, 349-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 8, 312-modda, № 12, 452, 454-moddalar; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 384, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda, № 12, 772, 773-moddalar; 2018-yil, № 1, 1, 4-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 431, 433-moddalar, № 10, 676-modda, № 12, 781, 783-moddalar; 2019-yil, № 1, 1, 2, 3-moddalar) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 44-moddaning ikkinchi qismidagi “kichik” degan soʻz chiqarib tashlansin;
2) 96-moddaning:
ikkinchi – toʻrtinchi qismlari quyidagi mazmundagi ikkinchi – beshinchi qismlar bilan almashtirilsin:
«Soliq tekshiruvini oʻtkazishga soliq toʻlovchi tomonidan toʻsqinlik qilingan yoki soliq toʻlovchi daromadlar olish uchun foydalanayotgan yoxud soliq solish obyektini saqlash bilan bogʻliq hududlarni, binolarni, shu jumladan joylarni koʻzdan kechirish uchun davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxslarini kiritish soliq toʻlovchi tomonidan rad etilgan taqdirda, davlat soliq xizmati organi soliq toʻlovchining banklardagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat qilishga haqli.
Davlat soliq xizmati organi quyidagi hollarda soliq toʻlovchining banklardagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turishga haqli:
soliq toʻlovchi qayd etilgan manzilda boʻlmaganda;
soliq toʻlovchi tomonidan soliq hisoboti va (yoki) moliyaviy hisobot, kameral nazorat natijalari boʻyicha tafovutlarning asoslari yoxud aniqlashtirilgan soliq hisoboti belgilangan muddatda taqdim etilmaganda.
Davlat soliq xizmati organining soliq toʻlovchining banklardagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollarda toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarori vujudga kelguniga qadar banklardagi hisobvaraqlar boʻyicha operatsiyalar toʻxtatilgan shart-sharoitlarni oʻz ichiga olishi kerak.
Davlat soliq xizmati organi tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishni kirim hujjatlarini rasmiylashtirmasdan amalga oshiruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarini besh bank kunigacha boʻlgan muddatga vaqtincha toʻxtatib turishga ham haqli»;
beshinchi qismi oltinchi qism deb hisoblansin;
3) 342-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi 51, 52 va 53-bandlar bilan toʻldirilsin:
«51) sudning yoki hakamlik sudining ish yurituvida ayni bir taraflar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan ish mavjud boʻlsa, ariza koʻrmasdan qoldirilganda;
52) agar taraflar oʻrtasida nizoni hal qilish uchun hakamlik sudiga topshirish toʻgʻrisida hakamlik bitimi tuzilgan boʻlsa, ariza koʻrmasdan qoldirilganda;
53) agar taraflar oʻrtasida mediativ kelishuv tuzilgan boʻlsa, ariza koʻrmasdan qoldirilganda».
14-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 22-iyulda qabul qilingan “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi OʻRQ–163-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 3-iyunda qabul qilingan OʻRQ–387-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-yil, № 6, 227-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda) quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
1) 40-modda beshinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
«qimmatli qogʻozlar egalarining reyestrlaridagi mavjud axborotning maxfiyligini taʼminlashi;
bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi faktlari koʻrib chiqilgan taqdirda, tijorat banklari tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlar egalarining shakllantirilgan reyestridagi mavjud axborotni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining yozma soʻroviga koʻra taqdim etishi shart»;
2) 44-modda:
toʻrtinchi qismi quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“boshqa yuridik shaxslarning 5 va undan ortiq foiz aksiyalariga (ulushlariga, paylariga) egaligi toʻgʻrisidagi axborot, agar emitentning aksiyalari fond birjasining birja kotirovkalash varagʻiga kiritilgan boʻlsa”;
oltinchi qismining “b” kichik bandi:
birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“b) Korporativ axborotning yagona portaliga va oʻzining rasmiy veb-saytiga”;
beshinchi xatboshisi “bundan muhim fakt yuzaga kelgan paytdan eʼtiboran 72 soat ichida oshkor etiladigan, affillangan shaxslar bilan bitim tuzish toʻgʻrisidagi xabar mustasno” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
3) 53-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“chiqarilishi ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarda davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan yoxud toʻxtatib qoʻyilgan emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni joylashtirish va ularning muomalasi”.
15-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 4-oktabrda qabul qilingan “Kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisida”gi OʻRQ–301-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, № 10, 271-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2015-yil, 8-son, 312-modda) 7-moddasiga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Kichik tadbirkorlik subyekti boʻlmagan kredit byurosi oʻzining firma nomi davlat tilida toʻliq yozilgan hamda joylashgan yeri koʻrsatilgan yumaloq muhrga ega boʻlishga haqli. Muhrda bir vaqtning oʻzida firmaning nomi boshqa istalgan tilda ham koʻrsatilishi mumkin”;
beshinchi qismning ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin.
16-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 26-aprelda qabul qilingan “Oilaviy tadbirkorlik toʻgʻrisida”gi OʻRQ–327-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-yil, № 4, 111-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2016-yil, № 12, 385-modda) 11-moddasining uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oilaviy korxona ustav fondining eng kam miqdori litsenziya talablarida belgilanishi mumkin”.
17-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 22-yanvarda qabul qilingan OʻRQ–460-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, 1-songa 1-ilova, № 10, 672-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 44-moddaning toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Daʼvo ishini yuritishda taraflar sud protsessining har qanday bosqichida ishni kelishuv bitimi tuzish yoki birinchi instansiya sudida sud alohida xonaga (maslahatxonaga) sud hujjatini qabul qilish uchun chiqquniga qadar mediativ kelishuv tuzish orqali tugallashga haqli”;
2) 49-moddaning uchinchi qismidagi “kelishuv bitimi” degan soʻzlar “kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 51-moddaning birinchi qismidagi “kelishuv bitimi” degan soʻzlar “kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 56-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“vakil, himoyachi, advokat yoki mediator vazifalarini bajarishi munosabati bilan oʻziga maʼlum boʻlib qolgan holatlar toʻgʻrisida – fuqarolik, iqtisodiy, maʼmuriy ish boʻyicha vakillar yoki jinoyat ishi boʻyicha himoyachilar, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha advokatlar, mediatorlar”;
5) 69-moddaning ikkinchi qismidagi “kelishuv bitimi” degan soʻzlar “kelishuv bitimi, mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish toʻgʻrisidagi kelishuv yoki mediativ kelishuv” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 70-modda quyidagi mazmundagi 41-band bilan toʻldirilsin:
“41) shu nizo bilan bogʻliq mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirishda mediator sifatida ishtirok etganlar, bundan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan va mediatorning ishtiroki yuzasidan oʻzaro rozilik boʻlgan hollar mustasno”;
7) 116-modda quyidagi mazmundagi 6-band bilan toʻldirilsin:
“6) mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish toʻgʻrisida kelishuv tuzilganda”;
8) 118-modda quyidagi mazmundagi 41-band bilan toʻldirilsin:
“41) ushbu Kodeks 116-moddasining 6-bandida nazarda tutilgan hollarda – mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish tugaguniga qadar, biroq oltmish kundan ortiq boʻlmagan muddatda”;
9) 122-modda quyidagi mazmundagi 101, 102 va 103-bandlar bilan toʻldirilsin:
«101) daʼvogar nizoni javobgar bilan mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish orqali hal qilish tartibiga rioya etmagan boʻlsa, basharti bu mazkur toifadagi nizolar uchun qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa;
102) mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish haqida iltimosnoma bilan arz qilgan taraflar uni amalga oshirish muddati tugaganidan soʻng sud majlisiga uzrli sabablarsiz kelmasa;
103) taraflar oʻrtasida mediativ kelishuv tuzilgan boʻlsa»;
10) 17-bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“17-bob. Yarashtirish tartib-taomillari”;
11) 166-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«166-modda. Kelishuv bitimini yoki mediativ
kelishuvni tuzish
Sud taraflarni yarashtirish uchun choralar koʻradi, ularga fuqarolik sud ishlarini yuritishning barcha bosqichlarida nizoni hal etishga koʻmaklashadi.
Taraflar kelishuv bitimini yoki mediativ kelishuvni tuzib, nizoni oʻzaro talablarning toʻliq hajmida yoki qisman hal etishi mumkin.
Kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv daʼvo tartibida yuritiladigan har qanday ish boʻyicha tuzilishi mumkin.
Kelishuv bitimi fuqarolik sud ishlarini yuritishning har qanday bosqichida va sud hujjatini ijro etish jarayonida, mediativ kelishuv esa birinchi instansiya sudida sud alohida xonaga (maslahatxonaga) sud hujjatini qabul qilish uchun chiqquniga qadar taraflar tomonidan tuzilishi mumkin.
Kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv yozma shaklda tuziladi va kelishuv bitimini, mediativ kelishuvni tuzgan shaxslar yoki ularning vakillari tomonidan imzolanadi.
Kelishuv bitimi sud tomonidan tasdiqlanganidan keyin tuzilgan hisoblanadi»;
12) 195-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi 9-band bilan toʻldirilsin:
“9) daʼvogar nizoni javobgar bilan mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish orqali hal qilish tartibiga rioya etilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etmagan boʻlsa, basharti bu mazkur toifadagi nizolar uchun qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa”;
13) 203-modda ikkinchi qismining 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3) taraflardan kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv tuzish ehtimolini aniqlaydi va ularning huquqiy oqibatlarini tushuntiradi”;
14) 226-modda:
nomidagi “javobgarning daʼvogar talablarini tan olishi va taraflarning kelishuv bitimi” degan soʻzlar “javobgarning daʼvogar talablarini tan olishi, taraflarning kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuvi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Mediativ kelishuv sudga alohida hujjat tarzida taqdim etiladi va ishga qoʻshib qoʻyiladi, bu haqda sud majlisining bayonnomasida koʻrsatiladi”;
ikkinchi – beshinchi qismlari tegishincha uchinchi – oltinchi qismlar deb hisoblansin;
15) 278-moddaning uchinchi qismidagi “kelishuv bitimi” degan soʻzlar “kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
18-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-yanvarda qabul qilingan OʻRQ–461-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, 1-songa 2-ilova, № 7, 433-modda, № 10, 672-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 11-modda quyidagi mazmundagi oltinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlari sudning rasmiy veb-saytida taraflarning roziligi bilan yoki shaxsi koʻrsatilmagan tarzda eʼlon qilinadi, bundan sudning yopiq majlisida qabul qilingan sud hujjatlari mustasno”;
2) 48-moddaning ikkinchi qismidagi “kelishuv bitimi” degan soʻzlar “kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 49-moddaning oltinchi qismidagi “kelishuv bitimi” degan soʻzlar “kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 50-moddaning birinchi qismidagi “kelishuv bitimi” degan soʻzlar “kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 53-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“fuqarolik, iqtisodiy, maʼmuriy ish boʻyicha vakillar yoki jinoyat ishi boʻyicha himoyachilar, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha advokatlar, mediatorlar – vakil, himoyachi, advokat yoki mediator vazifalarini bajarishi munosabati bilan oʻzlariga maʼlum boʻlib qolgan holatlar toʻgʻrisida”;
6) 63-moddaning birinchi qismidagi “kelishuv bitimini” degan soʻzlar “kelishuv bitimi, mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish toʻgʻrisidagi kelishuv yoki mediativ kelishuvni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7) 65-modda quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish chogʻida ayni shu nizo bilan bogʻliq holda mediator sifatida ishtirok etgan shaxslar vakil boʻlishi mumkin emas, bundan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan va mediatorning ishtiroki yuzasidan oʻzaro rozilik boʻlgan hollar mustasno”;
8) 101-modda quyidagi mazmundagi 6-band bilan toʻldirilsin:
“6) mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish toʻgʻrisida kelishuv tuzilganda”;
9) 103-modda quyidagi mazmundagi 31-band bilan toʻldirilsin:
“31) ushbu Kodeks 101-moddasining 6-bandida nazarda tutilgan hollarda – mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish tugaguniga qadar, biroq oltmish kundan ortiq boʻlmagan muddatda”;
10) 107-modda quyidagi mazmundagi 51, 52 va 53-bandlar bilan toʻldirilsin:
«51) daʼvogar nizoni javobgar bilan mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish orqali hal qilish tartibiga rioya etmagan boʻlsa, basharti bu mazkur toifadagi nizolar uchun qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa;
52) mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish haqida iltimosnoma bilan arz qilgan taraflar uni amalga oshirish muddati tugaganidan soʻng sud majlisiga uzrli sabablarsiz kelmasa;
53) taraflar oʻrtasida mediativ kelishuv tuzilgan boʻlsa»;
11) 16-bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“16-bob. Yarashtirish tartib-taomillari”;
12) 131-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«131-modda. Kelishuv bitimini yoki mediativ
kelishuvni tuzish
Taraflar nizoni kelishuv bitimini yoki mediativ kelishuvni tuzib hal etishi mumkin.
Kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv daʼvo tartibidagi har qanday ish boʻyicha tuzilishi mumkin.
Kelishuv bitimi iqtisodiy sud ishlarini yuritishning har qanday bosqichida va sud hujjatini ijro etish jarayonida, mediativ kelishuv esa birinchi instansiya sudida sud alohida xonaga (maslahatxonaga) sud hujjatini qabul qilish uchun chiqquniga qadar taraflar tomonidan tuzilishi mumkin.
Kelishuv bitimi u sud tomonidan tasdiqlanganidan keyin tuzilgan hisoblanadi»;
13) 155-modda birinchi qismi:
5-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5) javobgarga va uchinchi shaxslarga daʼvo arizasining hamda unga ilova qilingan hujjatlarning koʻchirma nusxalari yuborilganligini, soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqilayotgan ishlar boʻyicha esa – javobgarga daʼvo arizasining va unga ilova qilingan hujjatlarning koʻchirma nusxalari topshirilganligini tasdiqlovchi dalillar taqdim etilmagan boʻlsa”;
quyidagi mazmundagi 71-band bilan toʻldirilsin:
“71) daʼvogar nizoni javobgar bilan mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish orqali hal qilish tartibiga rioya etilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etmagan boʻlsa, basharti bu mazkur toifadagi nizolar uchun qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa”;
14) 156-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ishda ishtirok etuvchi shaxs daʼvo arizasi yuzasidan daʼvoga qarshi eʼtirozlarini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan yozma fikrini va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga yozma fikrining hamda ularda mavjud boʻlmagan hujjatlarning koʻchirma nusxalari yuborilganligini tasdiqlovchi dalillarni ish koʻriladigan kungacha yetib borishini taʼminlaydigan muddatda, ishni sud muhokamasiga tayyorlash toʻgʻrisida ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran yigirma kundan kechiktirmay sudga yuborishga haqli”;
15) 165-modda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Ish boʻyicha birinchi sud majlisi ishni sud muhokamasiga tayyorlash toʻgʻrisida ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran yigirma kundan kechiktirmay oʻtkazilishi kerak”;
ikkinchi – toʻrtinchi qismlari tegishincha uchinchi – beshinchi qismlar deb hisoblansin;
16) quyidagi mazmundagi 231-bob bilan toʻldirilsin:
«231-bob. Soddalashtirilgan tartibda ish yuritish
2031-modda. Ishni soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqish
Soddalashtirilgan ish yuritish tartibidagi ish ushbu Kodeksda nazarda tutilgan daʼvo ishini yuritishning umumiy qoidalari boʻyicha, mazkur bobda belgilangan xususiyatlar inobatga olingan holda sud tomonidan koʻrib chiqiladi.
2032-modda. Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqiladigan ishlar
Agar daʼvoning bahosi yuridik shaxslarga nisbatan – eng kam oylik ish haqining yigirma baravaridan, yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan esa – besh baravaridan oshmasa, daʼvo arizalari boʻyicha ishlar soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqilishi lozim.
Agar ushbu moddaning toʻrtinchi qismida koʻrsatilgan holatlar mavjud boʻlmasa, daʼvogarning iltimosnomasiga koʻra, javobgarning roziligi bilan boshqa ishlar ham soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqilishi mumkin.
Korporativ nizolar boʻyicha ishlar, huquqiy taʼsir choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi ishlar soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqilmaydi.
Agar ishni soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqish chogʻida uchinchi shaxsning ishga kirishish toʻgʻrisidagi iltimosnomasi qanoatlantirilgan, ushbu bobda belgilangan qoidalar boʻyicha koʻrib chiqilishi mumkin boʻlmagan qarshi daʼvo qabul qilingan boʻlsa yoxud agar sud quyidagilar xususida, shu jumladan taraflardan birining iltimosnomasiga koʻra quyidagilar xususida xulosaga kelsa, sud ishni daʼvo ishini yuritishning umumiy qoidalari boʻyicha koʻrish haqida ajrim chiqaradi:
1) ishni soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqish davlat sirining, tijorat sirining yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirning oshkor qilinishiga olib kelishi mumkin boʻlsa;
2) qoʻshimcha holatlarni aniqlash yoki qoʻshimcha dalillarni tekshirish, shuningdek dalillarni ular turgan joyda koʻzdan kechirish va tekshirish, ekspertiza tayinlash yoki guvohlarning koʻrsatuvlarini eshitish zarur boʻlsa;
3) bildirilgan talab boshqa talablar bilan bogʻliq boʻlsa, shu jumladan uchinchi shaxslarga taalluqli boʻlsa yoki mazkur ish boʻyicha qabul qilingan sud hujjati bilan uchinchi shaxslarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlari buzilishi mumkin boʻlsa.
Ishni daʼvo ishini yuritishning umumiy qoidalari boʻyicha koʻrish toʻgʻrisidagi ajrimda ishda ishtirok etuvchi shaxslar bajarishi lozim boʻlgan harakatlar va ushbu harakatlarni bajarish muddatlari koʻrsatiladi. Ajrim chiqarilgandan soʻng ishni koʻrish boshidan boshlanadi.
Oʻzaro bogʻliq boʻlgan bir nechta talab bildirilgan boʻlib, ulardan biri ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan talablarga taalluqli boʻlgan, boshqalari esa ularga taalluqli boʻlmagan taqdirda, barcha talablar daʼvo ishini yuritishning ushbu Kodeksda belgilangan umumiy qoidalari boʻyicha koʻrilishi lozim.
Ishni koʻrish muddati ishni daʼvo ishini yuritishning umumiy qoidalari boʻyicha koʻrib chiqish toʻgʻrisida ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran hisoblanadi.
2033-modda. Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqiladigan ish boʻyicha daʼvo arizasiga doir talablar
Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqiladigan ish boʻyicha daʼvo arizasi ushbu Kodeksning 149-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiq boʻlishi kerak.
Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqiladigan ish boʻyicha daʼvo arizasiga ushbu Kodeksning 151-moddasida nazarda tutilgan hujjatlar, shuningdek daʼvo arizasining va unga ilova qilingan hujjatlarning koʻchirma nusxalari javobgarga topshirilganligi haqidagi dalillar ilova qilinadi.
2034-modda. Soddalashtirilgan ish yuritish tartibidagi ishni koʻrib chiqish xususiyatlari
Daʼvo arizasini ish yuritishga qabul qilish va ish qoʻzgʻatish toʻgʻrisida sud ajrim chiqaradi, ajrimda ish soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrilishini hamda ish koʻrib chiqiladigan sanani koʻrsatadi.
Javobgar daʼvo arizasi yuzasidan yozma fikrini daʼvo arizasining koʻchirma nusxasi oʻziga topshirilgan paytdan eʼtiboran oʻn besh kunlik muddatda sudga oʻzi asoslanayotgan hujjatlar va dalillarni ilova qilgan holda taqdim etishga haqli. Yozma fikrga uning koʻchirma nusxasi daʼvogarga yuborilganligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.
Daʼvo arizasi yuzasidan yozma fikr javobgar yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Vakil tomonidan imzolangan yozma fikrga ishonchnoma ilova qilinadi.
Daʼvo arizasining sudga yuborilishi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan javobgar tomonidan daʼvo arizasi yuzasidan yozma fikr taqdim etilmaganligi daʼvo arizasini soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqishga toʻsqinlik qilmaydi.
Belgilangan muddat oʻtganidan keyin sudga kelib tushgan daʼvo arizasi yuzasidan yozma fikr, dalillar va boshqa hujjatlar, agar ularni belgilangan muddatda taqdim etishning imkoni boʻlmaganligi taraf tomonidan asoslantirilgan va ular sud tomonidan hal qiluv qarori qabul qilinguniga qadar kelib tushgan boʻlsa, qabul qilinadi.
Soddalashtirilgan ish yuritish tartibidagi ish daʼvo arizasini ish yuritishga qabul qilish va ish qoʻzgʻatish haqida ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran yigirma kundan oshmagan muddatda daʼvo arizasi yuzasidan yozma fikrni, dalillarni hamda boshqa hujjatlarni taqdim etish uchun belgilangan muddat oʻtganidan keyin sudya tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqiladi.
Ishni soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqish muddati uzaytirilmaydi.
Sud soddalashtirilgan ish yuritish tartibidagi ishni sud muhokamasini oʻtkazmasdan, taraflarni chaqirtirmasdan va ularning tushuntirishlarini eshitmasdan koʻrib chiqadi.
Sud taraflar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda bayon qilingan tushuntirishlarni, eʼtirozlarni va (yoki) vajlarni tekshiradi, dalillar bilan tanishadi, ashyoviy dalillarni koʻzdan kechiradi va hal qiluv qarorini qabul qiladi.
2035-modda. Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqilgan ish boʻyicha hal qiluv qarori
Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqilgan ish boʻyicha hal qiluv qarori ushbu Kodeksning 21-bobida nazarda tutilgan umumiy qoidalarga koʻra, ushbu bobda belgilangan xususiyatlar hisobga olingan holda sud tomonidan qabul qilinadi.
Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqilgan ish boʻyicha hal qiluv qarori ixtiyoriy tartibda ijro etiladi.
Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqilgan ish boʻyicha hal qiluv qarori, agar apellyatsiya shikoyati (protesti) berilmagan boʻlsa, qabul qilinganidan keyin oʻn kun oʻtgach qonuniy kuchga kiradi.
Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqilgan ish boʻyicha qaysi hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirguniga qadar ixtiyoriy tartibda ijro etilmagan boʻlsa, oʻsha hal qiluv qarori taraflarning iltimosnomasi boʻyicha sud tomonidan beriladigan ijro varaqasi asosida ushbu Kodeks V boʻlimining qoidalariga binoan, sud xarajatlarini undirishga taalluqli qismi esa sudning tashabbusi bilan majburiy ijro etilishi lozim.
Apellyatsiya shikoyati (protesti) berilgan taqdirda hal qiluv qarori, agar u bekor qilinmagan boʻlsa, apellyatsiya instansiyasi sudining qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran qonuniy kuchga kiradi»;
17) 219-moddaning uchinchi bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3) banklardagi hisobvaraqlar boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi arizaga – soliq tekshiruvini oʻtkazishga soliq toʻlovchi tomonidan toʻsqinlik qilinganligini yoki soliq toʻlovchi daromadlar olish uchun foydalanayotgan yoxud soliq solish obyektini saqlash bilan bogʻliq hududlarni, binolarni, shu jumladan joylarni koʻzdan kechirish uchun davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxslarini kiritish rad etilganligini tasdiqlovchi dalil”;
18) 221-moddaning toʻrtinchi qismidagi “kelishuv bitimi” degan soʻzlar “kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
19) 262-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sudning soddalashtirilgan ish yuritish tartibidagi, huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi ish boʻyicha hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv qarori qabul qilinganidan keyin oʻn kun ichida beriladi”;
20) 270-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ishda ishtirok etuvchi shaxs apellyatsiya shikoyatining (protestining) koʻchirma nusxasini olganidan keyin uning yuzasidan yozma fikrini hamda ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga yozma fikrining koʻchirma nusxalari yuborilganligini tasdiqlovchi dalillarni apellyatsiya shikoyati (protesti) koʻrib chiqiladigan kunga qadar yetib borishini taʼminlaydigan muddatda, apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisida ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran yigirma kundan kechiktirmay sudga yuborishga haqli”;
21) 274-modda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Apellyatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha birinchi sud majlisi apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisida ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran yigirma kundan kechiktirmay oʻtkazilishi kerak”;
ikkinchi va uchinchi qismlari tegishincha uchinchi va toʻrtinchi qismlar deb hisoblansin;
22) 277-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sudning soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqilgan, huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi ish boʻyicha hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya shikoyati (protesti) sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn besh kun ichida koʻrib chiqiladi”;
23) 293-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ishda ishtirok etuvchi shaxs kassatsiya shikoyatining (protestining) koʻchirma nusxasini olganidan keyin uning yuzasidan yozma fikrini hamda ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga ushbu yozma fikrning koʻchirma nusxalari yuborilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni kassatsiya shikoyati (protesti) koʻrib chiqiladigan kunga qadar yetib borishini taʼminlaydigan muddatda, kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisida ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran yigirma kundan kechiktirmay sudga yuborishga haqli”;
24) 297-modda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha birinchi sud majlisi kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisida ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran yigirma kundan kechiktirmay oʻtkazilishi kerak”;
ikkinchi va uchinchi qismlari tegishincha uchinchi va toʻrtinchi qismlar deb hisoblansin;
25) 319-modda:
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Nazorat tartibidagi ish boʻyicha birinchi sud majlisi nazorat shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish va uni koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga oʻtkazish toʻgʻrisida ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran yigirma kundan kechiktirmay oʻtkazilishi kerak”;
uchinchi – sakkizinchi qismlari tegishincha toʻrtinchi – toʻqqizinchi qismlar deb hisoblansin;
26) 332-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi ariza yuzasidan birinchi sud majlisi arizani ish yuritishga qabul qilish haqida ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran yigirma kundan kechiktirmay oʻtkazilishi kerak”;
27) 334-moddaning ikkinchi qismi “chet davlat sudining yoki arbitrajining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi ajrim” degan soʻzlardan keyin “shuningdek soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqilgan ishlar boʻyicha hal qiluv qarorlari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
19-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin;
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
20-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. Mirziyoyev
Toshkent shahri,
2019-yil 20-mart
№ OʻRQ–531