“E-visa.gov.uz” saytiga tashrif buyuruvchilar diqqatiga
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazining ma’lumotiga ko‘ra, davlatimiz rahbarining 2019-yil 5-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 5611-sonli Farmonining 4-bandiga muvofiq mamlakatimizda 2019-yil 15-martdan boshlab 30 kunlik muddatga elektron kirish vizasining yangi turlarini joriy etish ko‘zda tutilgan.
Ushbu Farmonni bajarish hamda E-VISA tizimini modernizatsiya qilish ishlarni amalga oshirish maqsadida “e-visa.gov.uz” veb-sayti 2019-yil 13-mart Toshkent vaqti bilan soat 9.00dan boshlab 24 soatga to‘xtatiladi.