Yangi О‘zbekiston strategiyasi – yosh avlodni qо‘llab-quvvatlashning yangi yо‘nalishi
Mamlakatimiz aholisining 18,9 mln. nafari yoki 54 foizini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar va bolalar tashkil etadi. Yoshlarning 9,5 millioni erkak, 9,4 millioni esa ayol jinsiga mansubdir.
Respublikada yoshlarga oid davlat siyosatining huquqiy asoslarini mustahkamlash maqsadida 2017 — 2021-yillarda 50 dan ortiq qonun va qonunosti hujjatlari qabul qilindi, 30-iyun — “Yoshlar kuni” deb e’lon qilindi.
Mamlakatimizda keyingi yillarda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy islohotlar natijasida taraqqiyotning mutlaqo yangi bosqichiga qadam qo‘yildi.
Yoshlarga oid davlat siyosati doirasida ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy chora-tadbirlarni tizimli ravishda amalga oshiruvchi davlat boshqaruv organi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatida Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi, Oliy Majlis Senati qoshida 100 nafar va Qonunchilik palatasi qoshida 250 nafar faol va tashabbuskor yoshlardan iborat “Yoshlar parlament”lari, Qonunchilik palatasida Yoshlar masalalari bo‘yicha komissiya tashkil qilindi.
Respublikada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarining 22,9 foizi yoki ularning 106 ming 574 tasi 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Yakka tartibdagi tadbirkorlarning 21,5 foizini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etmoqda. Shuningdek, mamlakatda 3,5 mingdan ortiq yosh fermerlar, 7,8 mingga yaqin yosh hunarmandlar faoliyat yuritmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasiga 2019-yilda o‘tkazilgan saylovlarda 9 nafar (6 foiz) yoshlar deputat etib saylangan bo‘lsa, mahalliy kengashlar deputatlarining 10 foizini yoshlar tashkil etadi.
“Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti va “Kelajak bunyodkori” medali ta’sis etilib, mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida faolligi va tashabbuskorligi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan, shuningdek, o‘qishda va mehnat faoliyatida katta yutuqlarga erishgan 14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan yoshlar mukofotlanmoqda. Bu amaliy natijalarning zamirida yangilangan islohotlar strategiyasi va yoshlar siyosatiga oid davlat rahbarining qa’tiy irodasi asosida olib orilayotgan izchil va samarali islohotlar yotibdi.
Respublikada amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosatining strategik maqsadi har bir yoshning erkin taʼlim olish, samarali mehnat faoliyatini olib borish, oʻz-oʻzini anglash va ijodiy rivojlanishi uchun sharoit yaratish, ijtimoiy hayotning barcha jabha darajasiga ko‘tarilganligi yurtimizda o‘rnak olsa arzigulik tajriba to‘planishiga imkon berdi. Shu o‘rinda ta’idlash joizki, iste’dodli yoshlarni izlash va ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ishlarni amalga oshirishda davlat tashkilotlari bilan bir qatorda yurtimizda faoliyat yuritayotgan nodavlat tashkilotlari ham faol ishtirok etmoqdalar. Masalan, yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri yoshlarning iste’dod va qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilganligi ahamiyatga molikdir. Shu bilan birga, 2019-yil Prezidentning alohida farmoni bilan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi “El-yurt umidi” jamg‘armasi tashkil etildi. Ushbu jamg‘arma tomonidan ajratilayotgan ta’lim grantlari orqali minglab iste’dodli yoshlarimiz rivojlangan xorijiy davlatlarning nufuzi oliygohlarida tahsil olishga va ilg‘or xorijiy tajribani o‘zlashtirishga musharraf bo‘lmoqda. Xususan, o‘tgan 2022-2023-o‘quv yili uchun 420 nafar talaba, magistrlar “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiyalari va xorijda tahsil olish grantlari sohibi bo‘ldilar. Bu amaliy ishlar albatta, Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining maqsadlariga monanad tarzda olib borilayotganligini ko‘rishimiz mumkin. Chunki, 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan tarqqiyot satrategiyasining 50-maqsadiga binoan “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali erkin va ijodiy fikrlaydigan yoshlarni nufuzli xorijiy oliygohlarga o‘qishga yuborish ko‘lamini ikki baravarga oshirish, bunda yoshlarning ellik foizini texnik, aniq fanlar va IT sohalariga o‘qitish belgilangan bo‘lib, xorijiy davlatlarning eng nufuzli universitetlarida bakalavriat, magistratura va doktoranturada ta’lim olish uchun ochiq saralash tanlovlarini o‘tkazish, xorijiy oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat, magistratura va doktorantura ta’lim dasturlarida qatnashish maqsadida Jamg‘arma tomonidan ochiq tanlov e’lon qilish va o‘tkazish kabi muhum maqsadlar belgilangan edi. Jamg‘arma tomonidan qilingan amaliy ishlar natijasida qator yoshlar bugun zamon talab etgan bilim va ko‘nikmlarni o‘zlashtirib, yurtimizdagi islohotlarining qator sohalariga tadbiq etib kelmoqdalar.
Ta’kidlash joizki, ta’lim, fan, texnika, axborot texnologiyalari, madaniyat, san’at, sport, tadbirkorlik sohalaridagi iste’dodli va iqtidorli yoshlarni rag‘batlantirib borish, ularning turli tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash vazifalari bu tashkilotning mazkur yo‘nalishdagi dolzarb vazifalaridan biri qilib belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezideni O‘zbekiston yoshlari forumida ta’kidlab o‘tganidek, “Biz yurtimizda qanday islohotlarga qo‘l urmaylik, avvalo, siz kabi yoshlarga, sizlarning kuch-g‘ayratingiz, azmu shijoatingizga suyanamiz. Barchangiz yaxshi bilasiz, bugun o‘z oldimizga ulkan marralar qo‘yganmiz. Ona Vatanimizda Uchinchi Renessans poydevorini yaratishga kirishdik. Biz oila, maktabgacha ta’lim, maktab va oliy ta’limni hamda ilmiy-madaniy dargohlarni bo‘lg‘usi Renessansning eng muhim bo‘g‘inlari deb hisoblaymiz. Shu sababli ayni ushbu sohalarda tub islohotlarni amalga oshirmoqdamiz. Ishonamanki, mamlakatimiz taraqqiyotining yangi poydevorini yaratishda sizlar singari fidoyi va vatanparvar yoshlarimiz faol ishtirok etib, munosib hissa qo‘shadilar”.
Ana shunday azmi qa’tiy yoshlarni o‘z salohiyatini ruyobga chiqarish borasida yangilangan islohotlarning o‘ziga xos yo‘l xaritasi sifatida xizmat qilayotgan “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi”da belgilangan har bir maqsadning zamirida inson qadr-qimmati uchun, yosh avlodni qo‘llab-quvvatlash uchun qaratilgan islohotlar mujasamlashgandir.
Yurtimizda olib borilayotgan yoshlarga oid davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bu yoshlar bandligini ta’minlash, ularga bilim berish bilan birga kasb-hunarga o‘rgatish masalasi hisoblanadi. Davlat rahbari 2021-yil Yoshlar forumi doirasida yoshlar bilan uchrashuv chog‘ida bu borada yangi va juda dolzarb takliflarni ilgari so‘rgan edi. Xususan, bundan buyon viloyat, tuman va shahar hokimlari, vazirlar va mas’ul rahbarlar yoshlar bilan uchrashuvlarni muntazam ravishda yo‘lga qo‘yishi, hokimlar yoshlarning muammolarini hal etishga qaratilgan “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqib, ijrosini ta’minlashi, shu masala bo‘yicha har olti oyda mahalliy kengashlarga hisobot berishi va kelgusi yarim yillik uchun rejalarni belgilab olishlari belgilangan edi.
Forumda “Yoshlar: 1+1” dasturi doirasida ishsiz va uyushmagan yoshlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitishni tashkil etish kabi muhum tashabbus ilgari surilgan edi. “Har bir tadbirkor - yoshlarga madadkor” tamoyili asosida bir nafar tadbirkorga bir nafardan ishsiz yoshni biriktirish tashabbusi ko‘plab tadbirkorlarimiz tomonidan faol qo‘llab-quvvatlandi. Kamida 500 ming nafar yoshni ish bilan ta’minlashi mumkin bo‘lgan bu ezgu harakatni davlat rahbari ma’qullagan edi.
Ushbu tashabbus doirasida o‘tgan davr mobaynida yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatish, ish bilan ta’minlash, tadbirkorlikka yo‘naltirish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirildiki, yoshlar orasida ishsizlik darajasi sezirali darajada pasayib bormoqda.
Shu o‘rinda keyingi yillarda yoshlarga oid islohotlarni yanada jadallashtirish, ular orasida ishsizlikni kamaytirish, kasb hunarga o‘qitish ko‘lamini yanada kengaytirish, iqtidorli yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2021 -yil 18-yanvar kunidagi Vazairlar Mahkamasining Qarori bilan “O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025-yilgacha rivojlantirish” Konsepsiyasi tasdiqlandi. Unga binoan yoshlarga oid davlat siyosati isohotlari natijasida mamlakat iqtisodiy salohiyatini yanada mustahkamlashga, ilg’or tajribalarni keng qo‘llashga imkoniyatlar yaratiladi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2030-yilga kelib PISA (The Programme for International Student Assessment) Xalqaro miqyosda o‘quvchilarni baholash dasturi reytingi bo‘yicha jahonning birinchi 30 ta ilg‘or mamlakati qatoriga kirishiga erishilishi kutilmoqda.
Shu bilan birga ta’lim muassasalaridagi o‘qitish dasturlari xalqaro standartlarga (PISA, STEAM) moslashtirilishi,
bolalarning maktabgacha ta’lim muassasalari, yoshlarning umumta’lim maktablari va oliy ta’lim muassasalariga qamrovi nodavlat ta’lim muassasalari uchun imkoniyatlar kengaytirilishi hisobiga bosqichma-bosqich oshiriladi. Jumladan, Respublikada 3-7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning 80 foizi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olinadi.
Yoshlarning madaniy saviyasini oshirish uchun kutubxonalar, teatrlar, kinoteatrlar, muzeylar, istirohat bog‘lari va boshqa madaniyat muassasalari soni bosqichma-bosqich oshirilib, yoshlarning ommaviy sport turlari bilan shug‘ullanishlari uchun shart-sharoitlar yaratish orqali sport inshootlarining sig‘imi 30 foizga oshiriladi.
Mahallalarda yoshlarning ommaviy sport turlari bilan shug‘ullanishlari uchun shart-sharoitlar yaratiladi;
barcha hududlarda IT-parklar barpo etiladi, tuman (shahar)larda Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari tashkil etiladi, “Bir million o‘zbek dasturchi” loyihasi asosida 200 mingga yaqin yoshlar o‘qitililmoqda.
Yoshlarning sifatli, tezkor va arzon internet xizmatlaridan foydalanishi uchun sharoitlar yaratiladi, aloqa va axborotlashtirish xizmatlarini 2 baravar o‘stirish ta’minlanishi “O‘zbekiston Yoshlari - 2025” konsepsiyasining eng muhum natijalari bo‘ladi.
Xuloasa o‘rnida shuni aytish mumkinki, mamlakatimizning 2030-yilga borib ”Aholisining daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar” qatoriga kirishida, mamlakat yalpi ichki mahsulotining aholi jon boshiga to‘rt ming dollardan oshishida, iqtisodiyotimiz hozirgi holatidan ikki barobar oshishi kabi muhum maqasadlarga erishishda yoshlarga oid davlat siyosatining ayniqsa bu boradagi muhum huquqiy asos bo‘layotgan “O‘zbekiston Yoshlari - 2025” konsepsiyasining samarali amalga oshirilishi muhum ahamiyat kasb etadi. Har qanday davlatning yoshlari intellektual salohiyatli, bilimli va zamonaviy kasb-hunarga ega bo‘lishi mamlakat taraqqiyotining muhum omili bo‘lib qolaveradi.