Belgiyadagi bank va sug‘urta kompaniyasining bosh boshqaruvchisi Gert Albert: Bu yerdagi taassurotlarim kelgusida O‘zbekiston banklari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga yo‘l ochishiga umid qilaman
Belgiyadagi bank va sug‘urta kompaniyasining bosh boshqaruvchisi Gert Albert: Bu yerdagi taassurotlarim kelgusida O‘zbekiston banklari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga yo‘l ochishiga umid qilaman
SAMARQAND, 17-may. /“Dunyo” AA/. Ko‘hna va hamisha navqiron Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining 32-yillik anjumani chog‘ida Belgiyadagi “Belfius” bank va sug‘urta kompaniyasining bosh boshqaruvchisi Gert Albert “Dunyo” axborot agentligi muxbiriga intervyu berar ekan, quyidagi fikr-mulohazalarini o‘rtoqlashdi:
-Bu yerda O‘zbekistondagi mavjud salohiyat yo‘lini Belgiya ishbilarmon doiralari vakillari uchun ochish maqsadida o‘zaro fikr almashmoqdamiz. Belgiya po‘lat savdosi, texnika ishlab chiqarish kabi qator yo‘nalishlarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan jiddiy jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Bu yerdagi taassurotlarim kelgusida O‘zbekiston banklari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga yo‘l ochadi, deb umid qilaman. Jarayonlarni kuzatar ekanman, yurtingizda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yetarli salohiyat mavjudligiga guvoh bo‘layotirman. Eng asosiysi, O‘zbekistonda iqtisodiy barqarorlik mavjud.