-
Ўзбекистонда бизнес рақамлаштиришдан технологик янгиланишга ўтмоқда
2026-08-20 140Ўзбекистонда бизнес рақамлаштиришдан технологик янгиланишга ўтмоқда
-
ТОШКЕНТ–ДЕҲЛИ: СТРАТЕГИК ШЕРИКЛИКНИНГ ЯНГИ БОСҚИЧИ
2026-08-20 203ТОШКЕНТ–ДЕҲЛИ: СТРАТЕГИК ШЕРИКЛИКНИНГ ЯНГИ БОСҚИЧИ
-
Самарқандда Парламентлараро иттифоқ ёш аъзоларининг XII халқаро конференцияси бўлиб ўтади
2026-08-20 203Самарқандда Парламентлараро иттифоқ ёш аъзоларининг XII халқаро конференцияси бўлиб ўтади
-
O‘zbekistonning xalqaro xavfsizlik reytinglaridagi o‘rni to‘g‘risida MA’LUMOTNOMA
2026-08-17 147O‘zbekistonning xalqaro xavfsizlik reytinglaridagi o‘rni to‘g‘risida MA’LUMOTNOMA
-
O‘zbekistonning xalqaro xavfsizlik reytinglaridagi o‘rni to‘g‘risida MA’LUMOTNOMA
2026-08-17 85Turizm qo‘mitasi tomonidan o‘rganishlar natijasi shuni ko‘rsatmoqdaki, so‘nggi yillarda O‘zbekiston bir qator nufuzli xalqaro indekslar
va xorijiy davlatlarning sayohat bo‘yicha tavsiyalarida xavfsizlik darajasi yuqori bo‘lgan mamlakatlar qatorida qayd etilmoqda.1. “World Justice Project – Rule of Law Index 2025”
“World Justice Project” (WJP) tomonidan e’lon qilingan “Rule of Law Index 2025” natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston “Order and Security” (“Tartib va xavfsizlik”) yo‘nalishida 143 ta davlat orasida 17-o‘rinni, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida esa 15 ta davlat orasida 1-o‘rinni egallagan. Shuningdek, o‘z daromad guruhida ham ushbu yo‘nalish bo‘yicha 1-o‘rin qayd etilgan.
WJP indeksi 215 mingdan ortiq aholi so‘rovlari hamda 4,1 ming nafardan ziyod huquqshunos va ekspertlar so‘rovlariga tayanadi. Shu bois mazkur ko‘rsatkich O‘zbekistonda ichki tartib va xavfsizlik holatini xalqaro darajada asoslash uchun eng salmoqli manbalardan biri hisoblanadi.
Tasdiqlovchi rasmiy manba:
https://worldjusticeproject.org/sites/default/files/documents/Uzbekistan_3.pdf
O‘zbekistonning interaktiv profili:
https://worldjusticeproject.org/rule-of-law-index/country/Uzbekistan
2. “Gallup Global Safety Report”
“Gallup”ning “2025 Global Safety Report” hisoboti 2024 yilda 144 ta mamlakat va hududda o‘tkazilgan so‘rovlar natijalariga asoslangan. Unga ko‘ra, O‘zbekistonda aholining 86 foizi tunda o‘zi yashaydigan hududda yolg‘iz piyoda yurishda o‘zini xavfsiz his qilishini bildirgan.
Bu ko‘rsatkich dunyo bo‘yicha o‘rtacha 73 foizlik darajadan sezilarli yuqori. Shuningdek, Gallupning kengroq “Law and Order Index” ko‘rsatkichida O‘zbekiston 100 balldan 91 ball olgan. Mazkur indeks shaxsiy xavfsizlik hissi, politsiyaga ishonch, o‘g‘irlik va hujum holatlari kabi to‘rtta ko‘rsatkich asosida shakllantiriladi.
Tasdiqlovchi rasmiy manba:
https://www.gallup.com/analytics/693542/what-is-global-safety.aspx
Gallup Global Safety Research Center:
https://www.gallup.com/analytics/356996/gallup-global-safety-research-center.aspx
3. “Global Peace Index” 2025 va 2026 yillar
2025 yilgi reytingda O‘zbekiston 163 ta davlat orasida 67-o‘rinni egallab, 1,926 ball olgan va oldingi yilga nisbatan ikki pog‘ona yuqorilagan.
Ma’lumot uchun: “Institute for Economics & Peace” tomonidan tayyorlanadigan “Global Peace Index” (GPI) mamlakatlardagi tinchlik va barqarorlik holatini baholovchi eng keng qamrovli xalqaro indekslardan biri hisoblanadi.
2026 yilgi “Global Peace Index” natijalarida O‘zbekistonning pozitsiyasi sezilarli yaxshilanib, 163 ta davlat orasida 37-o‘ringa ko‘tarilgan va 1,726 ball qayd etilgan. Ya’ni, 2025 yildagi 67-o‘rindan 2026 yilda 37-o‘ringa ko‘tarilish kuzatilgan. 2026 yilgi rasmiy hisobotda ham O‘zbekiston tinchlik ko‘rsatkichlari eng sezilarli yaxshilangan mamlakatlar qatorida qayd etilgan.
GPI mamlakatlarni jamiyatdagi xavfsizlik, ichki va tashqi mojarolar hamda militarizatsiya kabi yo‘nalishlar asosida baholaydi. Shu bois ushbu reyting faqat turistik xavfsizlik emas, balki mamlakatdagi umumiy tinchlik va barqarorlikni aks ettiradi.
Global Peace Index 2026 rasmiy hisoboti:
https://www.economicsandpeace.org/wp-content/uploads/2026/06/Global-Peace-Index-2026-Report.pdf
Muqobil rasmiy manba – Vision of Humanity:
https://www.visionofhumanity.org/wp-content/uploads/2026/06/Global-Peace-Index-2026-Report.pdf
Global Peace Index 2025 rasmiy hisoboti:
https://www.visionofhumanity.org/wp-content/uploads/2025/06/Global-Peace-Index-2025-web.pdf
4. AQSh Davlat departamentining “Travel Advisory” bahosi
AQSh Davlat departamenti O‘zbekiston uchun “Level 1 – Exercise Normal Precautions”, ya’ni “odatiy ehtiyot choralariga rioya qilish” darajasini belgilagan. 2026 yil yanvarda yangilangan tavsiyada xavf darajasi oshirilmagan.
Level 1 AQSh Davlat departamentining xalqaro sayohatlar uchun belgilangan eng past xavf darajasi hisoblanadi. Shu jihatdan mazkur bahoni O‘zbekistonning xorijiy sayyohlar uchun xavfsiz turistik yo‘nalish ekanini asoslashda amaliy ko‘rsatkich sifatida ishlatish mumkin.
Tasdiqlovchi rasmiy manba:
https://travel.state.gov/en/international-travel/travel-advisories/uzbekistan.html
5. Numbeo Safety Index
“Numbeo” ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonning “Safety Index” ko‘rsatkichlarida ham ijobiy dinamika kuzatilgan:
2024 yil — 69,5 ball, 29-o‘rin;
2025 yil o‘rtasi — 73,4 ball, 25-o‘rin;
2026 yil o‘rtasi — 72,7 ball, 25-o‘rin.
2026 yil uchug to‘g‘ridan-to‘g‘ri havola:
https://www.numbeo.com/crime/rankings_by_country.jsp?displayColumn=1
2025:https://www.numbeo.com/crime/rankings_by_country.jsp?displayColumn=1&title=2025-mid
2024:https://www.numbeo.com/crime/rankings_by_country.jsp?displayColumn=1&title=2024
O‘rganilgan manbalar O‘zbekistonning xavfsizlik sohasidagi xalqaro pozitsiyasi so‘nggi yillarda mustahkamlanib borayotganini ko‘rsatadi. Ayniqsa, WJP “Order and Security” bo‘yicha dunyoda 17-o‘rin va mintaqada 1-o‘rin, “Global Peace Index” 2026 bo‘yicha 163 davlat orasida 37-o‘rin, “Gallup” so‘rovida aholining 86 foizi tunda yolg‘iz yurishda o‘zini xavfsiz his qilishi, shuningdek, AQSh Davlat departamenti tomonidan eng past xavf darajasi – “Level 1” belgilangani O‘zbekistonni xalqaro turistik bozorda xavfsiz va barqaror turistik yo‘nalish sifatida targ‘ib qilish uchun asosli dalillar hisoblanadi.
-
DUNYO RAQOBATI VA YANGI TINCHLIK DIPLOMATIYASI: YANGI OʻZBEKISTONNING GLOBAL MAYDONDAGI MAʼRIFAT SADOSI
2026-08-15 106DUNYO RAQOBATI VA YANGI TINCHLIK DIPLOMATIYASI: YANGI OʻZBEKISTONNING GLOBAL MAYDONDAGI MAʼRIFAT SADOSI
-
8–10 сентябрь кунлари Тошкент тўқимачилик соҳаси мутахассисларини бир жойга тўплайди
2026-08-15 1728–10 сентябрь кунлари Тошкент тўқимачилик соҳаси мутахассисларини бир жойга тўплайди